Birinchi kun: 15 daqiqada birinchi sotuv
Sizga do'kon manzili (masalan dokoningiz.kassapos.online), login va parol berildi. Shu sahifadagi qadamlarni tartib bilan bajaring: 15 daqiqada birinchi sotuvni qilasiz va chekni ko'rasiz.
| Qadam | Vaqt |
|---|---|
| 1. Kirish | 2 daqiqa |
| 2. Ilovani o'rnatish | 2 daqiqa |
| 3. Do'kon nomi va chek | 2 daqiqa |
| 4. 3 ta mahsulot qo'shish | 5 daqiqa |
| 5. Birinchi sotuv | 2 daqiqa |
| 6. Chekni ko'rish | 1 daqiqa |
| 7. Kassir qo'shish | 2 daqiqa |
1. Dasturga kiring
1. Dasturga kiring bo'limiga havola-
Do'kon manzilini oching. Havola Telegramda kelgan bo'lsa, uni avval Safari yoki Chrome'da oching: qanday qilinadi.
-
Email yoki telefon va Parolni yozing.
-
Kirishni bosing.
Bosh panel ochiladi. Hozircha u bo'sh, chunki hali sotuv yo'q. Batafsil: Dasturga kirish.
2. Ilovani telefonga o'rnating
2. Ilovani telefonga o'rnating bo'limiga havolaBu bir marta qilinadi. Keyin dastur ekrandagi belgidan oddiy ilovadek ochiladi, internet uzilsa ham kassa sotishda davom etadi.
- iPhone (Safari): uch nuqta yoki ulashish tugmasi → На экран «Домой» (Add to Home Screen) → Добавить (Add).
- Android (Chrome): yuqori o'ngdagi uch nuqta → Установить приложение (Install app) → Установить (Install).
Rasmlar bilan batafsil: Ilovani o'rnatish.
3. Do'kon nomi va chekni tekshiring
3. Do'kon nomi va chekni tekshiring bo'limiga havola-
Menyuda Sozlamalarni oching (telefonda u Yana ichida). Do'kon bo'limi ochiladi.
-
Do'kon nomi, Telefon va Manzilni tekshiring. Xohlasangiz, Logotip qo'ying. Saqlashni bosing.
-
Sozlamalar → Chekni oching. Chek printeringiz bo'lsa, Qog'oz kengligida uning o'lchamini tanlang: 58 mm yoki 80 mm (odatda 80 mm tanlangan bo'ladi). Printer bo'lmasa, hech narsani o'zgartirmang.
-
Chek oxiridagi matnni tekshiring (odatda «Xaridingiz uchun rahmat!»). Saqlashni bosing.
Do'kon nomi chekda va dasturning yuqorisida chiqadi. Batafsil: Do'kon sozlamalari, Chek.
4. 3 ta mahsulot qo'shing
4. 3 ta mahsulot qo'shing bo'limiga havola-
Menyuda Mahsulotlarni oching va Yangi mahsulotni bosing.
-
Nomi: masalan «Coca-Cola 1.5 l».
-
O'lchov birligi: odatda dona (u o'zi tanlangan bo'ladi). Tarozida tortib sotiladigan tovar uchun kg, mato yoki kabel uchun metrni tanlang.
-
Tannarx: tovarni o'zingiz qanchaga olgansiz, masalan
12 000. Sotuv narxi: mijozga qanchaga sotasiz, masalan15 000. Tannarx foydani hisoblash uchun kerak. Dastur ustamani o'zi ko'rsatadi: bu misolda Ustama: 25%. -
Shtrix kod: skanerlang yoki raqamini yozing. Shtrix kodi bo'lmasa, bo'sh qoldiring.
-
Hozirgi qoldiq: hozir do'konda nechta bor, masalan
24. -
Saqlashni bosing. Shu tarzda yana 2 ta mahsulot qo'shing.
Mahsulotlaringiz ko'p bo'lsa, ularni bitta-bitta kiritish shart emas: Mahsulotlar sahifasida Import (CSV fayldan yuklash) bor. Batafsil: Mahsulot qo'shish.
Do'koningiz turiga qarab tayyor maslahatlar:
5. Birinchi sotuvni qiling
5. Birinchi sotuvni qiling bo'limiga havola-
Menyuda Kassani oching.
-
Mahsulotni bosing yoki shtrix kodini skanerlang: u Savatga tushadi. Telefonda savatni ekran pastidagi summa yozilgan tugma ochadi.
-
To'lovni bosing.
-
Naqd o'zi tanlangan bo'ladi. Mijoz bergan pulni yozing, masalan
20 000. Mijoz pulni aniq bergan bo'lsa, hech narsa yozmang: Aniq summa tanlangan turadi. Qaytimni dastur o'zi hisoblaydi. -
To'lovni tasdiqlashni bosing.
Sotuv yakunlandi oynasi chiqadi. Qaytim berish kerak bo'lsa, Qaytim bering yozuvi ostida qaytim summasi katta qilib ko'rsatiladi. Batafsil: Kassada sotish, To'lov.
6. Chekni ko'ring
6. Chekni ko'ring bo'limiga havolaSotuv yakunlandi oynasida uchta tugma bor:
- Yangi sotuv: keyingi mijozga o'tasiz.
- Chop etish: chek printerdan chiqadi.
- Chekni ko'rish: chek ekranda ochiladi. U yerda chekni Rasm qilib saqlash mumkin, telefonda esa Ulashish ham bor (masalan, mijozga Telegramda yuborish uchun).
Internetsiz qilingan sotuvda Chekni ko'rish tugmasi bo'lmaydi, lekin Chop etish ishlaydi.
Printer bo'lmasa ham ishlayverasiz: chekni rasm qilib yuborasiz yoki umuman chiqarmaysiz. Printerni keyin ulang: Chek printeri.
7. Kassir qo'shing
7. Kassir qo'shing bo'limiga havola-
Sozlamalar → Xodimlarni oching va Qo'shishni bosing.
-
Nomi, Email va Telefonni yozing. Email majburiy. Kassir email yoki telefon raqami bilan kiradi.
-
Rol: Kassir (u o'zi tanlangan bo'ladi).
-
Parolni yozing: kamida 8 ta belgi, faqat raqamlardan iborat bo'lmasin. Bitta kassada bir nechta kishi ishlasa, PIN kod ham bering (4 raqam, 0 bilan boshlanmasin).
-
Saqlashni bosing.
Kassirga do'kon manzili, login va parolni bering. U o'z telefonidan kiradi yoki umumiy kassada Xodimni almashtirish tugmasi va PIN kodi bilan ishlaydi. Kassir tannarx va foydani ko'rmaydi, sotuvlardan faqat o'zinikini ko'radi. Batafsil: Xodim qo'shish, Rollar.
Tayyor! Endi nima qilasiz
Tayyor! Endi nima qilasiz bo'limiga havolaSavollar
Savollar bo'limiga havolaKompyuter shartmi? Yo'q. Hamma narsani telefonda qilsa bo'ladi: mahsulot qo'shish, sotish, hisobotlar. Kompyuter katta do'konda kassa uchun qulay.
Chek printeri shartmi? Yo'q. Chekni ekranda ko'rsatish yoki rasm qilib yuborish mumkin.
Shtrix kod skaneri shartmi? Yo'q. Mahsulotni nomi bo'yicha qidirasiz yoki ro'yxatdan bosasiz. Telefonda kamera bilan ham skanerlash mumkin: Skaner va kamera.
Sotuv o'tmadi, «Not enough stock» deb chiqdi. Bu mahsulotning qoldig'i yetmayapti. Qoldiqni Tovar kirimi orqali qo'shing (yoki Ombor sahifasida Qoldiqni tuzatish bilan). Keyin sotuvni qaytadan qiling.
Smena ochish kerakmi? Yo'q. Dasturda smena yo'q: kirasiz va sotasiz. Har bir sotuvda kim sotgani yoziladi. Kassadagi naqd pulni nazorat qilish uchun: Kassa hisobi.
Xato sotuv qildim. Nima qilay? Egasi yoki boshqaruvchi Sotuvlarda shu chekni ochib, Bekor qilishni bosadi. Mijoz tovarni qaytarib olib kelsa, qaytarish qiling.