Dastur bilan tanishuv
Bu sahifada dastur qanday tuzilgani qisqacha aytilgan: menyu qayerda, qaysi sahifa nima uchun va kim nimani ko'radi.
- Telefonda (va planshetda) menyu ekranning pastida turadi. Eng kerakli sahifalar (ko'pi bilan 4 ta) doim ko'rinadi, qolganlari Yana tugmasi ichida. Egasi pastda Kassa, Bosh panel, Sotuvlar va Mahsulotlarni ko'radi, kassir esa Kassa, Sotuvlar va Mijozlarni.
- Kompyuterda menyu chap tomonda, hamma sahifa bitta ro'yxatda.
Har bir xodim menyuda faqat o'ziga ruxsat berilgan sahifalarni ko'radi.
| Menyu | Nima uchun | Kim ko'radi |
|---|---|---|
| Kassa | Sotish, to'lov, qaytarish. Kassada sotish | Hamma |
| Bosh panel | Bugungi tushum, foyda, qarzlar. Bosh panel | Egasi, boshqaruvchi |
| Sotuvlar | Cheklar ro'yxati, kim qancha sotgani. Sotuvlar tarixi | Hamma (kassir faqat o'zinikini) |
| Mahsulotlar | Mahsulot qo'shish, narx, shtrix kod. Mahsulot qo'shish | Egasi, boshqaruvchi; kassir faqat egasi ruxsat bersa |
| Tovar kirimi | Kelgan tovarni qabul qilish. Tovar kirimi | Hamma |
| Yetkazib beruvchilar | Tovar kimdan kelishi, chegirma, qarz. Yetkazib beruvchilar | Egasi, boshqaruvchi |
| Ombor | Qoldiqlar va harakatlar tarixi. Qoldiq | Egasi, boshqaruvchi |
| Inventarizatsiya | Javondagi tovarni sanash. Inventarizatsiya | Egasi, boshqaruvchi |
| Mijozlar | Mijozlar, nasiya, avans. Mijozlar | Hamma |
| Kassa hisobi | Kassadagi naqd pul, kunni yopish. Kassa hisobi | Egasi, boshqaruvchi (imkoniyat yoqilgan bo'lsa) |
| Xarajatlar | Ijara, tushlik, yo'l kira va hokazo. Xarajatlar | Hamma |
| Hisobotlar | Davr bo'yicha hisobot, CSV fayl. Hisobotlar | Faqat egasi |
| Obuna | Dastur uchun oylik to'lov. Obuna | Faqat egasi |
| Sozlamalar | Do'kon, chek, imkoniyatlar, xodimlar. Do'kon sozlamalari | Hamma (kassir faqat Profil va Qurilmalarni ko'radi) |
Rollar haqida batafsil: Rollar.
Kassa ekrani
Kassa ekrani bo'limiga havolaKassa butun ekranni egallaydi, unda pastki yoki chap menyu yo'q. Kassaning yuqorisida:
- qidiruv maydoni (mahsulot nomi yoki shtrix kod);
- Qaytarish;
- Xodimni almashtirish;
- Boshqaruv: menyuli sahifalarga qaytish (egasi va boshqaruvchi Bosh panelga, kassir Sotuvlarga o'tadi);
- chiqish tugmasi.
Katta ekranda bu tugmalarning nomi yozilgan, telefonda esa faqat belgisi ko'rinadi. Chap yuqoridagi do'kon belgisini bosish ham Boshqaruv bilan bir xil ishlaydi. Batafsil: Kassada sotish.
Ro'yxatlar joyini eslab qoladi
Ro'yxatlar joyini eslab qoladi bo'limiga havolaSotuvlar, Mahsulotlar, Mijozlar kabi ro'yxatlarda qidiruv, filtr va sahifa saqlanib qoladi. Ro'yxatdan bitta yozuvni ochib, keyin ortga qaytsangiz (yuqoridagi strelka yoki telefonning «orqaga» tugmasi bilan), ro'yxat aynan qoldirgan joyingizda turadi. Sahifani yangilasangiz ham o'zgarmaydi.
Til va mavzu
Til va mavzu bo'limiga havolaTelefonda yuqori o'ngdagi ismingiz harflarini, kompyuterda chap pastdagi ismingizni bosing. Ochilgan menyuda:
- Mavzu: Yorug', Qorong'i yoki Tizim bo'yicha (telefon yoki kompyuter sozlamasiga qarab). Mavzu faqat shu qurilma uchun saqlanadi.
- Til: O'zbekcha yoki Русский.
- Chiqish.
Menyudagi Til tilni darhol almashtiradi. Har kirganingizda shu til ochilishi uchun uni Sozlamalar → Profil → Tilda tanlang.
Yuqoridagi ogohlantirishlar
Yuqoridagi ogohlantirishlar bo'limiga havolaSahifalarning tepasida ba'zan rangli qator chiqadi:
- Internet yo'q: kassa ishlayveradi, boshqa sahifalardagi ma'lumotlar internet qaytganda yangilanadi. Internetsiz ishlash.
- Obuna haqida eslatma (faqat egasiga): bepul davr tugayotganda, to'lov kuni yaqinlashganda yoki to'lov kechikkanda. Obuna.
Savollar
Savollar bo'limiga havolaMenyuda kerakli sahifa yo'q. Sizning rolingizga bu sahifa ochilmagan yoki u bog'liq imkoniyat o'chirilgan (masalan, Kassa hisobi). Do'kon egasiga ayting.
Kassadan qanday chiqaman, menyu yo'q-ku? Kassaning yuqorisidagi Boshqaruv tugmasini yoki chap yuqoridagi do'kon belgisini bosing.
Ekran juda yorqin, kechqurun ko'zni charchatadi. Menyuda Mavzu → Qorong'ini tanlang.
Dasturning inglizcha varianti bormi? Yo'q. Dastur o'zbek va rus tilida ishlaydi.