Asosiy matnga o'tish

Quti va dona

Ko'p tovar qutida keladi, lekin donalab ham sotiladi: 1 quti = 24 dona. Buning uchun ikkita mahsulot kerak emas. Birligi dona bo'lgan bitta mahsulot qo'shasiz va unga quti qo'shasiz. Qoldiq doim donada yuritiladi, quti esa "birdaniga 24 dona" degani.

Gazlangan suv 0.5 l:

  • 1 dona: 5 000 so'm;
  • 1 quti: ichida 24 dona, quti narxi 110 000 so'm (donalab olsa 120 000 bo'lardi);
  • do'konda 10 quti va 5 dona bor: qoldiq 245 dona.

Mijoz 1 quti va 3 dona olsa, qoldiqdan 24 + 3 = 27 dona ayriladi va 218 dona qoladi.

  1. Mahsulotni oching (yoki Yangi mahsulot). Birligi dona bo'lsin.

  2. Quti va pachkalar bo'limida Qutini bosing. Boshqa nom kerak bo'lsa, Blok, Pachka yoki Qopni bosing yoki Nomi maydonida nomini o'zgartiring.

  3. Ichida (dona): qutida nechta dona bor, masalan 24. Ostida 1 Quti = 24 dona deb chiqadi.

  4. Quti narxi: qutining o'z narxi. Bo'sh qoldirsangiz, quti donalar narxida sotiladi: maydon ostida Bo'sh qoldirilsa: 120 000 so'm deb ko'rsatiladi. Qutini arzonroq bersangiz, 110 000 yozing.

  5. Qutining shtrix kodi: quti ustidagi kodni skanerlang. U donaning kodidan farq qiladi. Kodi yo'q bo'lsa, bo'sh qoldiring.

  6. Kirimda shu bilan sanayman: yoqilsa, tovar kirimida bu mahsulot darhol qutilab sanaladi. Birinchi qo'shilgan qadoqda u o'zi yoqilgan turadi. Yetkazib beruvchi donalab olib kelsa, o'chiring.

  7. Yana bir qadoq kerak bo'lsa (masalan Blok, ichida 6 dona), Yana qo'shishni bosing.

  8. Saqlash.

Mahsulot sahifasida Quti va pachkalar bo'limi: Qop, ichida 50 kg, quti narxi, qutining shtrix kodi va Kirimda shu bilan sanayman
Quti va pachkalar
  • Mahsulot tugmasining pastida qadoq tugmalari turadi: Quti · 24. Bosilsa, savatga 1 quti tushadi.
  • Qutining shtrix kodi skanerlansa ham 1 quti qo'shiladi.
  • Mahsulotning o'zi bosilsa yoki donaning kodi skanerlansa, 1 dona qo'shiladi.
  • Savatdagi quti qatorida son qutilarda: 2 quti, 3 quti. Qutini faqat butun son bilan sotish mumkin.
Kassada qadoq tugmasi

Kirimda har qatorda Nimada sanaysiz tanlanadi: dona yoki Quti (24 dona). Qutini tanlab 10 yozsangiz, qator ostida = 240 dona chiqadi va narx Narxi (1 Quti) bo'ladi. Qoldiqqa 240 dona qo'shiladi, tannarx esa 1 dona uchun hisoblanadi. Qarang: Tovar kirimi.

Qadoq faqat dona uchun emas:

Mahsulot Birlik Qadoq
Shakar kg Qop, ichida 50 kg
Mix 120 kg Quti, ichida 25 kg
Kabel VVG 3×2.5 metr Bobina, ichida 100 metr
Atir (razliv) ml Butun flakon, ichida 100 ml
Sigaret pachka Blok, ichida 10 pachka

Qop sotilsa qoldiqdan 50 kg, bobina sotilsa 100 metr ayriladi.

Mahsulotda ulgurji narx yozilgan bo'lsa, ulgurji sotuvda quti narxi = ulgurji narx × qutidagi son: bu holda Quti narxi maydoni ishlatilmaydi. Ulgurji narxi yozilmagan mahsulotning qutisi ulgurji sotuvda ham chakanadagi narxda sotiladi.

Faqat qutilab sotaman, hech qachon ochmayman. Unda mahsulot birligini quti qiling va qadoq qo'shmang. Qoldiq qutida yuritiladi.

Qoldiqni qutida ko'rsa bo'ladimi? Yo'q, qoldiq doim asosiy birlikda: 245 dona. Qutilar sonini bilish uchun 24 ga bo'ling (10 quti va 5 dona).

Har xil yetkazib beruvchida quti har xil (12 va 24 dona). Ikkita qadoq qo'shing: Quti 12 va Quti 24, har biriga o'z shtrix kodi.

Quti ichidagi sonni o'zgartirsam, eski sotuvlar buziladimi? Yo'q. Har sotuv o'sha paytdagi quti hajmini eslab qoladi. Yangi son faqat keyingi sotuvlarga ta'sir qiladi.

Quti kodi skanerlanganda "bunday shtrix kodli mahsulot yo'q" chiqyapti. Qutining kodi mahsulotda yozilmagan. Mahsulotni oching, Qutining shtrix kodi maydoniga kodni skanerlang va saqlang.