Asosiy matnga o'tish

Mahsulot savollari

Bu yerda do'kon egalari haqiqatda bergan savollar va qisqa javoblar. Batafsil yo'riqnoma har javob ostidagi havolada.

Shtrix kodni skanerlasam, nomi o'zi chiqadimi?

Shtrix kodni skanerlasam, nomi o'zi chiqadimi? bo'limiga havola

Yo'q. Dasturda tovarlarning umumiy bazasi yo'q: nomi va narxini bir marta o'zingiz yozasiz. Keyin skanerlaganda mahsulot darhol topiladi. → Mahsulot qo'shish

Mahsulotlarimizni Excel'dan yoki eski dasturdan yuklasa bo'ladimi?

Mahsulotlarimizni Excel'dan yoki eski dasturdan yuklasa bo'ladimi? bo'limiga havola

Mahsulotlar → Import CSV faylni qabul qiladi: birinchi qatorda ustun nomlari, shtrix kodi bor mahsulotlar yangilanadi. Katta ro'yxatni eski dasturdan yoki yetkazib beruvchi fayllaridan do'koningizni ulab bergan administrator yuklab berishi mumkin. O'lcham va rang ustunlari bilan import hozircha yo'q. → CSV fayl

Ha, egasi unga Sozlamalar → Xodimlarda Mahsulotlar bilan ishlash ruxsatini bersa. Kassir mahsulot qo'shadi, narx, shtrix kod va rasmni o'zgartiradi, kassada noma'lum kod skanerlansa, shu kod bilan darhol mahsulot qo'shadi. Tannarxni ko'rmaydi, mahsulotni arxivga ola olmaydi va import qila olmaydi. → Rollar

Kassir qoldiq kiritsin va mahsulot o'chirsin desam?

Kassir qoldiq kiritsin va mahsulot o'chirsin desam? bo'limiga havola

Kassir buni qilmaydi: qoldiq unga tovar kirimi orqali kiradi. To'liq huquq faqat Boshqaruvchi rolida, lekin u tannarx, sozlamalar va yetkazib beruvchilar qarzini ham ko'radi.

Dona sotilsa dona, tortilsa kg, uzunligi bilan metr, quyib litr yoki ml. Birlik qoldiq va narx qanday sanalishini belgilaydi. → O'lchov birliklari

Birlikni xato tanladim, endi o'zgarmayapti.

Birlikni xato tanladim, endi o'zgarmayapti. bo'limiga havola

Mahsulotda qoldiq, sotuv yoki kirim bo'lsa, birlikni o'zgartirib bo'lmaydi: eski hisoblar buzilmasin. Eskisini arxivga oling va to'g'ri birlik bilan yangisini yarating, shtrix kod o'zi o'tadi. → Birlikni xato tanladim

Dona mahsulotni 1.5 ta sotsa bo'ladimi?

Dona mahsulotni 1.5 ta sotsa bo'ladimi? bo'limiga havola

Yo'q, dona faqat butun son. Kasr kerak bo'lsa, birligi kg, metr yoki litr bo'lsin.

kg dagi mahsulotni grammda sotsa bo'ladimi?

kg dagi mahsulotni grammda sotsa bo'ladimi? bo'limiga havola

Birliklar bir-biriga aylanmaydi: 250 gramm kassada 0.250 kg deb yoziladi. Yoki miqdor oynasida Summa (so'm) tugmasini tanlab, pul bo'yicha soting.

kg, gramm, litr, ml, metrdagi tovarda miqdor oynasida Summa (so'm) tugmasini tanlang va summani yozing: dastur qancha tortish kerakligini ko'rsatadi, savatdagi qator aynan shu summa bo'ladi. → Pulga qarab sotish

Qutilab olamiz, ham qutilab, ham donalab sotamiz. Qanday qilamiz?

Qutilab olamiz, ham qutilab, ham donalab sotamiz. Qanday qilamiz? bo'limiga havola

Bitta mahsulot, birligi dona, unga Quti qadog'i: ichida 24 dona, xohlasangiz o'z narxi va qutining shtrix kodi. Kassada quti bitta bosish yoki qutining kodini skanerlash, kirimda qutilab sanaysiz. Qoldiq doim donada. → Quti va dona

Qutining kodi mahsulotning Qutining shtrix kodi maydoniga yozilmagan. Yozib saqlang.

Yo'q, qoldiq asosiy birlikda: 245 dona. Qutilar soni uchun 24 ga bo'ling.

Bolalar kiyimi do'koniga to'g'ri keladimi?

Bolalar kiyimi do'koniga to'g'ri keladimi? bo'limiga havola

Ha. Sozlamalar → Imkoniyatlarda O'lcham va ranglarni yoqing. Modelni bir marta yozib, o'lcham (bo'y 50-164, yosh, S-XL, poyabzal 16-45) va ranglarni belgilaysiz: har juftlik o'z shtrix kodi, qoldig'i va narxi bilan alohida mahsulot bo'ladi. Kassada model bitta tugma va o'lcham so'raladi, skaner esa aynan o'lchamni sotadi. → O'lcham va ranglar

Har o'lchamga yorliq chiqarsa bo'ladimi?

Har o'lchamga yorliq chiqarsa bo'ladimi? bo'limiga havola

Ha: model sahifasida Yorliq. Yorliqda model nomi, katta qilib o'lcham, rang, narx va shtrix kod. → Yorliqlar

Model sahifasida + O'lcham yoki Sozlamalar → O'lcham va ranglar. Yarim o'lchamni nuqta bilan yozing: 37.5.

O'lcham bo'yicha sotuv hisoboti bormi?

O'lcham bo'yicha sotuv hisoboti bormi? bo'limiga havola

Alohida "o'lcham bo'yicha" hisobot hozircha yo'q. Har o'lcham alohida mahsulot bo'lgani uchun hisobotlarda Ko'ylak Malika (104, Pushti) kabi o'z qatori bilan chiqadi.

Almashtirish (o'lchamni almashtirib berish) qanday qilinadi?

Almashtirish (o'lchamni almashtirib berish) qanday qilinadi? bo'limiga havola

Bitta tugma bilan almashtirish hozircha yo'q. Eski o'lchamni qaytarish qiling va yangisini soting.

Atirni grammda sotamiz: goh 100 g, goh butun flakon.

Atirni grammda sotamiz: goh 100 g, goh butun flakon. bo'limiga havola

Mahsulot birligi gramm, narx va tannarx 1 g uchun. Qadoqlar qo'shing: 100 g (100 g, xohlasangiz o'z narxi) va Butun flakon (flakondagi gramm, o'z narxi va zavod shtrix kodi). Kassada grammni yozasiz yoki 3, 5, 10, 20, 50, 100 tugmasini, 100 g yoki Butun flakonni bosasiz. → Atir va parfyumeriya

Flakonda "100 ml" yozilgan, biz grammda sotamiz.

Flakonda "100 ml" yozilgan, biz grammda sotamiz. bo'limiga havola

ml va gramm bir-biriga aylanmaydi. Qadoqqa flakondagi grammni yozing. Hajm bilan quysangiz, mahsulot birligini ml qiling.

Bo'sh flakonlar (atomayzer) ham sotamiz.

Bo'sh flakonlar (atomayzer) ham sotamiz. bo'limiga havola

Ularni alohida dona mahsulot qiling.

Tarozi chop etgan yorliqni o'qiydimi?

Tarozi chop etgan yorliqni o'qiydimi? bo'limiga havola

Ha, agar yorliq 13 xonali bo'lsa, 20-29 bilan boshlansa, 3-7 xonalarda mahsulot kodi (PLU), 8-12 xonalarda og'irlik grammda bo'lsa. Mahsulotga o'sha PLU ni yozing, birligi kg bo'lsin. → Tarozi

Tarozi narxni chop etadi, og'irlikni emas.

Tarozi narxni chop etadi, og'irlikni emas. bo'limiga havola

Narxli tarozi kodi qo'llanmaydi: tarozi sozlamasini og'irlikli formatga o'tkazing yoki og'irlikni kassada qo'lda yozing.

Mahsulotni o'chirib qayta qo'shdim: "shtrix kod band" deyapti.

Mahsulotni o'chirib qayta qo'shdim: "shtrix kod band" deyapti. bo'limiga havola

Arxivdagi mahsulot kodni yangi mahsulot saqlanishi bilan o'zi bo'shatadi. Xabar chiqsa, kod hali sotuvdagi boshqa mahsulotda: xabarda uning nomi yozilgan. → Ikki mahsulotda bir xil kod

Klaviatura ruscha bo'lsa, skaner noto'g'ri yozadi.

Klaviatura ruscha bo'lsa, skaner noto'g'ri yozadi. bo'limiga havola

Dastur buni o'zi to'g'rilaydi: skaner istalgan klaviatura tilida ishlaydi.

Skanersiz, telefon kamerasi bilan skanerlasa bo'ladimi?

Skanersiz, telefon kamerasi bilan skanerlasa bo'ladimi? bo'limiga havola

Ha, telefon va planshetda har shtrix kod maydoni va qidiruv yonida kamera tugmasi bor. Kompyuterda yo'q. → Telefon kamerasi bilan

Mahsulot sahifasida Yaratishni bosing, yorliq chop etib yopishtiring. → Do'kon kodi

Tannarxga 20% qo'yamiz, dastur 17% ko'rsatmaydimi?

Tannarxga 20% qo'yamiz, dastur 17% ko'rsatmaydimi? bo'limiga havola

Yo'q, Ustama tannarxga nisbatan: 100 ga olib 120 ga sotsangiz, 20%. → Narxlar

Ulgurji va chakana narx alohida bo'lsin.

Ulgurji va chakana narx alohida bo'lsin. bo'limiga havola

Imkoniyatlarda Ulgurji narxni yoqing: har mahsulotda Ulgurji narx, kassada Chakana narx / Ulgurji narx tugmasi, ulgurji mijoz tanlansa narxlar o'zi o'tadi. → Ulgurji narx

Imkoniyatlarda Dollar (USD) imkoniyatini yoqing, har kuni kursni kiriting. Sotuv, ulgurji narx va tannarx dollarda (4 xonagacha, $0.042) yozilishi mumkin, so'mi kursdan o'zi hisoblanadi. → Dollardagi narx

Kassir narxni tannarxdan pastga tushirmasin.

Kassir narxni tannarxdan pastga tushirmasin. bo'limiga havola

Imkoniyatlar → Narx nazorati: ogohlantirish yoki taqiqlash va eng katta chegirma foizi. Mahsulotga Eng past narx ham qo'yish mumkin. Zararli narx filtri tannarxdan arzon turgan mahsulotlarni ko'rsatadi. → Chegirma va narx nazorati

Yetkazib beruvchi 10% chegirma beradi. Tannarx shunga qarab hisoblansinmi?

Yetkazib beruvchi 10% chegirma beradi. Tannarx shunga qarab hisoblansinmi? bo'limiga havola

Ha: Imkoniyatlarda yetkazib beruvchi chegirmasini yoqing, yetkazib beruvchiga 10% yozing va mahsulotlarga biriktiring. Bir yetkazib beruvchining har xil chegirmalari uchun Chegirma guruhlari bor. → Yetkazib beruvchilar

Mingdan ortiq mahsulotimiz bor. Kassa hammasini ko'rsatadimi?

Mingdan ortiq mahsulotimiz bor. Kassa hammasini ko'rsatadimi? bo'limiga havola

Kassa tugmalarida Hammasi yoki bitta bo'limda ko'pi bilan 120 ta mahsulot ko'rinadi. Qidiruv va skaner esa har qanday mahsulotni topadi. Katta do'konda qidiruv va skanerdan foydalaning, mahsulotlarni bo'limlarga ajrating.

Kassa "qoldiq yo'q" deb sotmayapti.

Kassa "qoldiq yo'q" deb sotmayapti. bo'limiga havola

Odatda omborda yo'q tovar sotilmaydi. Qoldiqni tovar kirimi yoki inventarizatsiya bilan kiriting yoki Sozlamalar → Do'konda Qoldiq yetmasa ham sotishga ruxsat berishni yoqing. → Qoldiq

Ro'yxatni filtrlab mahsulotni ochdim, qaytsam filtr yo'qoldi.

Ro'yxatni filtrlab mahsulotni ochdim, qaytsam filtr yo'qoldi. bo'limiga havola

Mahsulotdan sahifadagi orqaga havolasi yoki telefonning "orqaga" tugmasi bilan qaytsangiz, qidiruv, filtrlar, sahifa va ro'yxatdagi o'rningiz saqlanadi. Menyudagi Mahsulotlar esa ro'yxatni toza holda ochadi. → Mahsulotlar ro'yxati

Rasmsiz yoki shtrix kodsiz mahsulotlarni qanday topaman?

Rasmsiz yoki shtrix kodsiz mahsulotlarni qanday topaman? bo'limiga havola

Mahsulotlar → Filtrlar: Rasm → Rasmsiz, Shtrix kod → Shtrix kodsiz. O'lchov birligi bo'yicha ham filtrlash mumkin.

Mahsulotni butunlay o'chirsa bo'ladimi?

Mahsulotni butunlay o'chirsa bo'ladimi? bo'limiga havola

Yo'q, faqat arxivga olinadi: sotuvlar tarixi buzilmasin. Arxivdagi mahsulot kassada ko'rinmaydi, uning shtrix kodini esa yangi mahsulotga yozish mumkin. → Arxivga olish