Xo'jalik va qurilish mollari
Xo'jalik va qurilish do'konida tovar har xil o'lchanadi: mix kilogrammda, kabel metrda, antifriz litrda, rozetka donada va qutida. Mijozlar ham ikki xil: chakana va ulgurji. Yetkazib beruvchilar esa prays narxidan chegirma beradi. Dastur bularning hammasini yuritadi.
Nimani qanday kiritish
Nimani qanday kiritish bo'limiga havola| Tovar | O'lchov birligi | Qadoq |
|---|---|---|
| Mix, shurup, sim (tortib) | kg | Quti, ichida 25 kg |
| Kabel, shlang, zanjir, mato | metr | Bobina, ichida 100 metr |
| Antifriz, olif (quyib) | litr | Kanistr, ichida 20 litr |
| Rozetka, lampochka, kran | dona | Quti, ichida 24 dona |
| Sement qopda sotilsa | dona (1 dona = 1 qop) | — |
| Sement kg da ham, qopda ham | kg | Qop, ichida 50 kg |
| Bo'yoq bankada | dona | Quti, ichida 6 dona |
| Kafel, linoleum | m² (o'zingiz qo'shasiz, turi Uzunlik) | — |
Qadoq tugmalari: Quti, Blok, Pachka, Qop. Boshqa nom kerak bo'lsa (Bobina, Kanistr), birini bosib nomini o'zgartiring. Batafsil: O'lchov birliklari, Quti va dona.
Bir marta sozlang
Bir marta sozlang bo'limiga havolaSozlamalar → Imkoniyatlarda kerakli imkoniyatlarni yoqing:
- Ulgurji narx → Mahsulotlarga ulgurji narx qo'shish. Yonidagi Kassada ikkala narxni ko'rsatish (dastlab yoqilgan): mahsulot tugmasida ikkala narx chiqadi, kassir mijozga ikkalasini ayta oladi.
- Yetkazib beruvchi chegirmasi: yetkazib beruvchining doimiy 5%, 10% chegirmasi tannarxga o'zi qo'llanadi.
- Yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob: kimga qancha qarzingiz borligi.
- Narx nazorati: kassir zarariga yoki juda katta chegirma bilan sotmasin.
- Dollar (USD): elektr tovarlari dollarda olinsa.
- Yorliq (narx etiketkasi): javon uchun narx yorliqlari.
Bo'limlar: Elektr, Santexnika, Bo'yoqlar, Mix va shuruplar, Asboblar, Maishiy kimyo, Qurilish aralashmalari.
Uchta misol
Uchta misol bo'limiga havolaMix kg da
Mix kg da bo'limiga havolaMix 120: 1 kg chakana 18 000 so'm, ulgurji 16 000 so'm, quti 25 kg.
-
Yangi mahsulot → Nomi:
Mix 120→ O'lchov birligi: kg. -
Tannarx (1 kg):
14 000. Ulgurji narx (1 kg):16 000. Sotuv narxi (1 kg):18 000. -
Quti va pachkalar → Quti → Ichida (kg):
25. Quti narxini bo'sh qoldirsangiz, 25 × 18 000 = 450 000 so'm. -
Saqlash.
Kassada mixni bosing va og'irlikni yozing (2.5) yoki 0.25, 0.5, 1, 1.5, 2 tugmalaridan birini bosing. Mijoz "10 000 so'mlik" desa, Summa (so'm) → 10 000 → Torting: 0.556 kg. Butun quti uchun tugma ostidagi Quti · 25 tugmasini bosing.
Kabel metrda
Kabel metrda bo'limiga havolaKabel VVG 3×2.5: 1 metr 9 500 so'm, bobina 100 metr 900 000 so'm.
Birlik metr, Sotuv narxi (1 metr): 9 500, qadoq Bobina, Ichida (metr): 100, Quti narxi: 900 000. Kassada 12.5 metr yozasiz yoki Bobina · 100 tugmasini bosasiz. Bobina sotilsa qoldiqdan 100 metr ayriladi.
Rozetka: quti va dona
Rozetka: quti va dona bo'limiga havolaRozetka ikki o'rinli: dona 25 000 so'm, qutida 24 dona.
Birlik dona, Quti ichida 24, qutining shtrix kodini skanerlang. Kassada donani skanerlasangiz 1 dona, qutini skanerlasangiz 1 quti (24 dona) qo'shiladi. Qoldiq doim donada.
Ulgurji mijozlar
Ulgurji mijozlar bo'limiga havola-
Mijozlarda mijozni qo'shayotganda (Yangi mijoz) yoki uni tahrirlab Ulgurji mijozni yoqing.
-
Kassada shu mijozni tanlasangiz, savatdagi narxlar o'zi Ulgurji narxga o'tadi. Kassir Chakana narx / Ulgurji narx tugmasini qo'lda ham almashtiradi.
-
Ulgurji narxi yo'q mahsulot ulgurji ro'yxatda chakana narxda sotiladi.
Ulgurji sotuvda quti narxi = ulgurji narx × qutidagi son: rozetkaning ulgurji narxi 23 000 so'm bo'lsa, qutisi 24 × 23 000 = 552 000 so'm. Mijozning oldingi narxlari mijoz sahifasida va kassada ko'rinadi (Mijozlar).
Narx nazorati yoqilgan bo'lsa, ulgurji narxda faqat ulgurji mijozga sotish mumkin. Boshqa mijozga (yoki mijozsiz) ulgurji narxda sotmoqchi bo'lsangiz, Ogohlantirish holatida kassir tasdiqlaydi, Taqiqlash holatida egasi yoki boshqaruvchining ruxsati kerak (Chegirma va narx nazorati).
Yetkazib beruvchi chegirmasi
Yetkazib beruvchi chegirmasi bo'limiga havolaYetkazib beruvchi "prays narxidan 10%" bersa, unga Chegirma 10% yozing va mahsulotlarni biriktiring. Mahsulotda prays narxini yozasiz (Kelish narxi, chegirmasiz), tannarx 10% kam hisoblanadi. Kirimda chegirma har qatordan o'zi ayriladi.
Bir yetkazib beruvchi har xil seriyaga har xil chegirma bersa (Asosiy 5%, Mega seriya 10%, Rozetkalar 7%), uni uch marta qo'shmang: yetkazib beruvchi sahifasida Chegirma guruhlari yarating. Bitta kirimda har xil guruh tovarlari bo'lsa ham, har qator o'z chegirmasini oladi. Batafsil: Yetkazib beruvchilar.
Yetkazib beruvchiga qarz
Yetkazib beruvchiga qarz bo'limiga havolaYetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob yoqilsa, har qabul qilingan kirim yetkazib beruvchiga qarz bo'ladi, to'lovlar uni kamaytiradi. Boshlashda hozirgi qarzlarni Tuzatish bilan kiriting. Yetkazib beruvchilar sahifasi tepasida jami qarzingiz turadi. Batafsil: Qarz va to'lovlar.
Har kungi savollar
Har kungi savollar bo'limiga havolaSementni ham qopda, ham kg da sotamiz.
Birlik kg, qadoq Qop, ichida 50 kg. Qop bosilsa 50 kg, 7 yozilsa 7 kg ayriladi.
Kassir chegirma bilan zarariga sotib qo'ymasin. Narx nazoratini Taqiqlashga qo'ying va Eng katta chegirma foizini yozing. Mahsulotga Eng past narx ham qo'yish mumkin: kassir uni ko'rmaydi, lekin undan pastga tushira olmaydi. Ulgurji narxi bor mahsulotda chakana sotuvdagi chegirma ulgurji narxdan ham pastga tushmaydi (Narxlar).
Bir mahsulotning ikki xil kodi bor (ikki yetkazib beruvchi). Ikkinchisini Qo'shimcha shtrix kodlarga yozing (Shtrix kod).
Mayda tovar ($0.042 lik bolt) dollarda.
Mahsulot narxi dollarda 4 xonagacha yoziladi: 0.042. Kirimda esa dollar narxi 2 xonagacha, shuning uchun boltni qutilab kiriting: Quti (100 dona) narxi 4.20.
Korxona pul o'tkazib to'laydi (perechisleniye). Imkoniyatlarda Perechisleniye (bank orqali) imkoniyatini yoqing, kerak bo'lsa ustama foizi bilan (To'lov).