Asosiy matnga o'tish

Mahsulotlar ro'yxati

Mahsulotlar sahifasi do'kondagi barcha tovarlarning ro'yxati: nomi, bo'limi, narxi, tannarxi va qoldig'i. Bu yerdan mahsulot qo'shiladi, topiladi va tahrirlanadi.

Mahsulotlar ro'yxati: qidiruv, filtrlar, narx, tannarx va qoldiq ustunlari
Mahsulotlar
  • Qidiruv: nomi, SKU yoki shtrix kodni yozing. Quti va qo'shimcha kodlar, modelning artikuli ham topiladi.
  • Skaner: sahifa ochiq turganda tovarni skanerlang: mahsulot ochiladi. Topilmasa, shu kodli yangi mahsulot ochiladi.
  • Kamera: telefonda qidiruv yonidagi kamera tugmasi.

Qidiruv ostidagi tugmalar:

Tugma Nimani ko'rsatadi
Sotuvda Kassada sotilayotgan barcha mahsulotlar
Kam qolgan Qoldig'i Minimal qoldiqdan kam yoki teng
Tugagan Qoldig'i qolmagan
Zararli narx Sotuv yoki ulgurji narxi tannarxdan past (faqat egasi va boshqaruvchiga)
Arxiv Arxivga olingan mahsulotlar

Kam qolgan ishlashi uchun mahsulotda Qo'shimcha sozlamalar → Minimal qoldiq yozilgan bo'lishi kerak.

Filtrlar tugmasini bosing:

  • Bo'lim, O'lchov birligi;
  • Yetkazib beruvchi va uning chegirma guruhi (yetkazib beruvchi imkoniyatlari yoqilgan bo'lsa);
  • Rasm: Rasmli yoki Rasmsiz (rasmini qo'yish kerak bo'lganlarni topish uchun);
  • Shtrix kod: Shtrix kodli yoki Shtrix kodsiz (yorliq kerak bo'lganlarni topish uchun);
  • Saralash: nomi bo'yicha, avval yangi qo'shilganlar, oxirgi o'zgartirilganlar, avval arzonlari yoki qimmatlari, qoldig'i kamlari yoki ko'plari.

Filtr tanlanishi bilan ro'yxat o'zgaradi. Ko'rsatish (N) tugmasini bosib oynani yoping. Tanlangan filtrlar ro'yxat tepasida turadi: × bilan bittasini, Filtrlarni tozalash bilan hammasini olib tashlaysiz.

Katta ekranda Bo'lim, O'lchov birligi va Saralash tanlovlari to'g'ridan-to'g'ri qidiruv yonida turadi.

Telefonda

Telefonda ustunlar kamroq: qoldiq mahsulot nomi ostida yoziladi. Qizil: qolmagan, sariq: kam qolgan.

Qidiruv, filtrlar va sahifa raqami saqlanadi. Mahsulotni ochib, saqlab qaytsangiz, ro'yxat avvalgi holatida va oxirgi ochilgan mahsulot belgilangan turadi: keyingisini topish oson. Menyudagi Mahsulotlar esa ro'yxatni toza holda ochadi.

Yorliq yoki yetkazib beruvchi imkoniyatlari yoqilgan bo'lsa, har qator boshida katakcha chiqadi.

  1. Kerakli mahsulotlarni belgilang. Sarlavhadagi katakcha sahifadagi hammasini belgilaydi. Model belgilansa, uning barcha o'lcham va ranglari belgilanadi.

  2. Yuqorida tugmalar chiqadi:

    • Yorliq (N): belgilanganlarga yorliq chop etish (Yorliqlar);
    • Yetkazib beruvchi (N): belgilanganlarga yetkazib beruvchi biriktirish (Yetkazib beruvchilar).
  3. × belgilarni tozalaydi.

Belgilar qidiruv va sahifa almashganda ham saqlanadi: bir nechta qidiruvdan yig'ib, birdaniga chop etish mumkin.

  • Import: CSV fayldan ko'p mahsulot yuklash (egasi va boshqaruvchi). Qarang: Mahsulot qo'shish.
  • CSV yuklab olish: barcha sotuvdagi mahsulotlar Excel'da ochiladigan fayl bo'lib yuklanadi (faqat egasi).

Mahsulot endi sotilmasa, uni o'chirmang, arxivga oling. Arxivdagi mahsulot kassada va ombor ro'yxatida ko'rinmaydi, lekin sotuvlar, cheklar va hisobotlarda saqlanadi.

  1. Mahsulotni oching.

  2. Yuqorida Arxivga tugmasini bosing.

  3. Mahsulotni arxivga olasizmi? degan savolga yana Arxivga tugmasini bosing.

Arxivga olishni egasi va boshqaruvchi qiladi. Modelni arxivga olsangiz, uning barcha o'lcham va ranglari kassadan yo'qoladi.

Arxivdagi mahsulotning shtrix kodi va PLU kodi yangi mahsulotga o'tishi mumkin: shu kodli yangi mahsulot qo'shsangiz, arxivdagisi kodni o'zi bo'shatadi.

  1. Ro'yxatda Arxiv tugmasini bosing va mahsulotni oching.

  2. Qo'shimcha sozlamalarni oching va Sotuvda tugmasini yoqing.

  3. Saqlash.

Shu orada uning shtrix kodini boshqa mahsulot olgan bo'lsa, saqlashda xato chiqadi: kodni o'chiring yoki boshqa kod bering.

Mahsulotni butunlay o'chirsa bo'ladimi? Yo'q. Sotilgan yoki kirim qilingan tovar tarixda qolishi kerak, shuning uchun faqat arxivga olinadi. Arxivdagi mahsulot hech narsaga xalaqit bermaydi.

Bir mahsulot ikki marta qo'shilib qolgan. Ortiqchasining qoldig'ini to'g'risiga o'tkazing (birida kamaytirib, ikkinchisida ko'paytirib, Qoldiq), keyin ortiqchasini arxivga oling.

Kassir Mahsulotlar sahifasini ko'rmayapti. Kassir uni faqat egasi Mahsulotlar bilan ishlash ruxsatini bersa ko'radi (Rollar).

Tannarx ustuni yo'q. Tannarx faqat egasi va boshqaruvchiga ko'rinadi.