Asosiy matnga o'tish

To'lov

Savatga mahsulot qo'shgach, To'lov tugmasini bosing (kompyuterda F2). To'lov oynasining tepasida To'lanadi summasi, ostida to'lov turlari turadi. Bitta tugma bitta to'lov turini bildiradi: butun summa shu turga yoziladi.

To'lov oynasi: To'lanadi summasi, to'lov turlari tugmalari va raqamlar
To'lov oynasi
To'lov turi Qachon bor
Naqd Doim
Karta Doim
O'tkazma Doim
Perechisleniye Perechisleniye (bank orqali) imkoniyati yoqilgan bo'lsa
Nasiya Doim, lekin faqat mijoz tanlangan bo'lsa bosiladi. Mijozning avansi bo'lsa, tugmada Avansdan deb yoziladi
Dollar Dollar (USD) imkoniyati yoqilgan bo'lsa. Dollar kursi kiritilmaguncha bosilmaydi
Aralash Aralash to'lov imkoniyati yoqilgan bo'lsa

Imkoniyatlarni do'kon egasi yoki boshqaruvchi Sozlamalar → Imkoniyatlar bo'limida yoqadi: Imkoniyatlar.

  1. Naqd o'zi tanlangan bo'ladi.

  2. Mijoz bergan pulni yozing yoki tayyor tugmalardan birini bosing (masalan, 50 000, 100 000). Mijoz pulni aniq bersa, hech narsa yozmang: Aniq summa tanlangan turadi.

  3. Qaytim yashil rangda ko'rinadi. To'lovni tasdiqlash tugmasini bosing.

Naqd va qaytim

Pul yetmasa, sariq rangda Qoldi chiqadi va to'lovni tasdiqlab bo'lmaydi.

  • Karta: summani terminalga kiriting, to'lov o'tgach To'lovni tasdiqlash tugmasini bosing.
  • O'tkazma (Click, Payme, kartadan kartaga): pul hisobga tushganini ko'rib, tasdiqlang.

Karta va o'tkazmada qaytim bo'lmaydi: summa aynan To'lanadi summasiga teng yoziladi. Dastur terminalga ham, bankka ham ulanmagan: u faqat sotuv qanday to'langanini yozib qo'yadi.

Korxonalar do'konning hisob raqamiga pul o'tkazganda ishlatiladi. Karta va o'tkazmadan alohida hisoblanadi.

Imkoniyatlar bo'limida Perechisleniye ustamasi qo'yilgan bo'lsa (masalan, 5%), bank orqali to'langan sotuv shuncha foizga qimmat bo'ladi. To'lov oynasida ustama alohida ko'rsatiladi, chekda esa «Perechisleniye +5%» qatori chiqadi. Ustama bo'lsa, butun summa faqat bank orqali to'lanadi: uni boshqa to'lov turi bilan aralashtirib bo'lmaydi.

Avval savatda mijozni tanlang (Mijoz qo'shish). Keyin to'lov oynasida Nasiya tugmasini bosing. Mijoz bir qismini hozir naqd bersa, uni Hozir naqd to'laydi maydoniga yozing: qolgani qarzga yoziladi. Batafsil: Nasiya va avans.

Dollar tugmasi ishlashi uchun Dollar (USD) imkoniyati yoqilgan va dollar kursi kiritilgan bo'lishi kerak. Kursni egasi yoki boshqaruvchi kiritadi: kassa tepasidagi 1$ = ... tugmasini bosadi. Kursni har kuni yangilab turing: Dollar kursi.

  1. Dollar tugmasini bosing.

  2. Mijoz berdi (dollar) maydoniga dollar summasini yozing yoki tayyor tugmalardan birini bosing ($10, $20, $50 va hokazo). Ostida uning so'mdagi qiymati ko'rinadi.

  3. Dollar yetmasa, Qolganini so'mda naqd oling degan yozuv chiqadi: qolgan summani so'mda naqd oling.

  4. To'lovni tasdiqlash tugmasini bosing.

Dollar bilan to'lov: mijoz $20 berdi, so'mdagi qiymati va qaytim
Dollar bilan to'lov

Qaytim doim so'mda beriladi. Kurs bugun kiritilmagan bo'lsa, oynada ogohlantirish chiqadi: «Kurs bugun yangilanmagan». Siz to'lov olayotganda kurs boshqa qurilmada o'zgartirilgan bo'lsa, sotuv o'tmaydi: to'lovni yangi kurs bilan tekshirib, qaytadan tasdiqlang.

Masalan, mijoz 200 000 so'mni kartadan, qolganini naqd to'laydi.

  1. Aralash tugmasini bosing. Karta va Naqd qatorlari chiqadi.

  2. Karta qatoriga kartadan qancha to'lanishini yozing. Naqd qatori o'zi to'ladi (yonida «qolgani» deb yoziladi).

  3. Mijoz naqd pulni ko'proq bersa, Naqd qatorini bosib, bergan pulini yozing: Qaytim chiqadi.

  4. To'lovni tasdiqlash tugmasini bosing.

Aralash to'lov: Karta 200 000, Naqd qolgani
Aralash to'lov

Qatorlar ostidagi + O'tkazma, + Dollar (kurs kiritilgan bo'lsa), + Nasiya (mijoz tanlangan bo'lsa) va + Perechisleniye (ustamasi bo'lmasa) tugmalari yana qator qo'shadi. Har bir qatordagi Qolganini tugmasi to'lanmay qolgan summani shu qatorga yozadi. Qaytim faqat naqddan beriladi: karta yoki o'tkazma qismi jamidan oshib ketsa, to'lovni tasdiqlab bo'lmaydi.

Sotuv yakunlandi oynasi chiqadi:

  • Qaytim bering: mijozga qancha qaytim berish kerak (katta yashil raqam).
  • Yangi sotuv (kompyuterda Enter).
  • Chop etish (kompyuterda P).
  • Chekni ko'rish: chekni ekranda ochadi. U yerda chekni rasm qilib saqlash yoki ulashish mumkin.
Sotuv yakunlandi

Shu qurilmada Sozlamalar → Qurilmalar bo'limida Har sotuvdan keyin chekni avtomatik chop etish yoqilgan bo'lsa, chek o'zi chop etiladi: Chek. Pul qutisi ulangan bo'lsa, naqd yoki dollar bilan to'lovdan keyin u o'zi ochiladi: Pul qutisi.

Mijoz naqd to'ladi, keyin kartadan to'lamoqchi bo'ldi. To'lov turini o'zgartirsa bo'ladimi? Yakunlangan sotuvning to'lov turini o'zgartirib bo'lmaydi. Egasi yoki boshqaruvchi Sotuvlar bo'limida shu sotuvni ochib, Bekor qilish tugmasini bosadi, keyin sotuvni to'g'ri to'lov turi bilan qaytadan qiladi. Sotuvdan biror narsa qaytarilgan bo'lsa, uni bekor qilib bo'lmaydi.

Dollar tugmasi kulrang, bosilmayapti. Dollar kursi hali kiritilmagan. To'lov oynasida «Dollar kursi kiritilmagan: dollar bilan to'lov o'chiq.» deb yozilgan bo'ladi. Egasi yoki boshqaruvchi kassa tepasidagi kurs tugmasini bosib, kursni kiritadi.

Kassir dollar kursini kirita oladimi? Yo'q. Kursni faqat egasi yoki boshqaruvchi kiritadi.

Nasiya tugmasi bosilmayapti. Avval mijozni tanlang. Oynada shunday yozilgan bo'ladi: «Nasiyaga sotish uchun avval mijozni tanlang.»

Aralash tugmasi yo'q. Aralash to'lov imkoniyati o'chiq. Uni egasi yoki boshqaruvchi Sozlamalar → Imkoniyatlar bo'limida yoqadi.

Click yoki Payme orqali to'lov qaysi tugma? O'tkazma. Pul hisobingizga tushganini ko'rib, tasdiqlang.