Tovar kirimi
Tovar kelganda uni Tovar kirimida yozasiz. Qabul qilinganda har mahsulot qoldig'i ko'payadi va tannarxi yangilanadi. Qaysi tovar kimdan, qachon va necha pulga kelgani tarixda qoladi.
Kim qiladi: egasi, boshqaruvchi va kassir.
Kirim holatlari
Kirim holatlari bo'limiga havola| Holat | Ma'nosi |
|---|---|
| Qoralama | Saqlangan, lekin qoldiq hali o'zgarmagan. Tahrirlash va o'chirish mumkin. |
| Qabul qilingan | Tovar omborga tushdi, tannarx yangilandi. Endi o'zgartirib bo'lmaydi. |
Yangi kirim
Yangi kirim bo'limiga havola-
Menyuda Tovar kirimi → Yangi kirim.
-
Yetkazib beruvchini tanlang. Ro'yxatda yo'q bo'lsa, yonidagi + bilan qo'shing. Sana (bugun turadi) va kerak bo'lsa Izoh (nakladnoy raqami).
-
Mahsulotlarni qo'shing: qidiruvga nomini (yoki shtrix kodini) yozib ro'yxatdan tanlang yoki tovarni skanerlang. Mahsulot yangi qator bo'lib qo'shiladi va kursor uning Miqdor maydonida turadi. Qutining kodi skanerlansa, qator qutida sanaladi.
-
Har qatorda:
- Nimada sanaysiz: dona yoki mahsulotning qutisi, masalan Quti (24 dona);
- Miqdor: nechta keldi;
- Narxi (1 dona) yoki Narxi (1 Quti): yetkazib beruvchining narxi. Oldingi tannarx o'zi yoziladi, narx o'zgargan bo'lsa tuzating.
Qutida sanalsa, qator ostida = 240 dona kabi jami chiqadi.
-
Pastda Jami summani nakladnoy bilan solishtiring.
-
Hali tugatmagan bo'lsangiz, Qoralama saqlash. Hammasi to'g'ri bo'lsa, Qabul qilishni bosing va oynada yana Qabul qilishni tasdiqlang.
Telefonda ham xuddi shunday: qidiruv yonidagi kamera tugmasi bilan tovarlarni skanerlab qo'shasiz.
Do'konda yo'q tovar skanerlansa, Bunday shtrix kodli mahsulot yo'q chiqadi. Qidiruvda topilmasa, mahsulot qo'sha oladiganlarga Yangi mahsulot tugmasi chiqadi: avval mahsulotni qo'shing, keyin kirimga qayting. Kirimni yo'qotmaslik uchun oldin Qoralama saqlashni bosing.
Qabul qilinganda nima bo'ladi
Qabul qilinganda nima bo'ladi bo'limiga havola- Har mahsulot qoldig'iga kelgan miqdor qo'shiladi (qutilar donaga aylantirilib).
- Tannarx o'rtacha bo'lib qayta hisoblanadi: eski qoldiq eski narxda, yangisi yangi narxda (Narxlar).
- Kirim Qabul qilingan bo'ladi.
- Yorliq imkoniyati yoqilgan bo'lsa, kirim sahifasida Yorliq tugmasi chiqadi: dona tovarga kelgan soni qadar yorliq, tortiladigan tovarga bitta (Yorliqlar).
O'lcham va rangli tovar
O'lcham va rangli tovar bo'limiga havolaKiyim va poyabzal modelini qidiruvda tanlasangiz, o'lchamlar jadvali ochiladi: har o'lcham va rangdan nechta kelganini bir oynada yozasiz, +1 seriya har o'lchamdan bittadan qo'shadi. Batafsil: O'lcham va ranglar.
Dollarda kirim
Dollarda kirim bo'limiga havolaDollar (USD) yoqilgan do'konda kirim tepasida Narxlar valyutasi: so'm yoki $.
- $ tugmasini tanlasangiz, har qatorning narxi dollarda yoziladi:
3.40. Kirimda dollar narxi 2 xonagacha (sentgacha) yoziladi. Juda arzon tovarni (masalan $0.042 lik bolt) donalab emas, qutilab kiriting:Quti (100 dona)narxi4.20. - Jami dollarda chiqadi, ostida bugungi kursdagi so'm summasi.
- Tovar qabul qilingan paytdagi do'kon kursi bilan so'mga o'tadi va tannarx shu kursda hisoblanadi. Shuning uchun qabul qilishdan oldin bugungi kursni kiriting (Dollar kursi).
- Mahsulot sahifasida tannarxi dollarda ($) yozilgan mahsulotning tannarxi dollarda o'rtachalanadi, so'mdagi tannarxi esa har yangi kursda qayta hisoblanadi.
Dollar kursi hali umuman kiritilmagan bo'lsa, $ tugmasini tanlab bo'lmaydi.
Yetkazib beruvchi chegirmasi
Yetkazib beruvchi chegirmasi bo'limiga havolaYetkazib beruvchi chegirmasi yoqilgan bo'lsa, yetkazib beruvchi tanlanganda uning chegirmasi (masalan 10%) kirim tepasidagi Chegirmaga va har qatorga o'zi yoziladi. Narx ostida Chegirma bilan: 9 000 so'm, jamida Chegirmasiz, Chegirma 10% va Jami ko'rinadi. Bu safar boshqa chegirma bersa, tepadagi foizni o'zgartiring: barcha qatorlarga qo'llanadi. Bitta qatorni alohida ham o'zgartirish mumkin. Batafsil: Yetkazib beruvchilar.
Yetkazib beruvchiga qarz
Yetkazib beruvchiga qarz bo'limiga havolaYetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob yoqilgan bo'lsa, egasi yoki boshqaruvchi Qabul qilish oynasida qanday to'langanini tanlaydi:
- Qarzga: butun summa yetkazib beruvchiga qarz bo'lib yoziladi;
- To'liq to'landi: qarz yo'q;
- Qisman: Hozir to'langan summani yozasiz, qolgani qarz.
To'langan bo'lsa, usulini tanlang: Naqd, Karta, O'tkazma. Kassa nazorati yoqilgan bo'lsa va pul kassadan berilgan bo'lsa, Kassadan berildi yoqilgan qolsin. Tanlov shu yetkazib beruvchining oxirgi kirimidagidek boshlanadi.
Kassir qabul qilsa, oyna to'lovni so'ramaydi: kirim to'liq qarz bo'lib yoziladi, to'lovni keyin egasi yoki boshqaruvchi yetkazib beruvchi sahifasida yozadi. Batafsil: Yetkazib beruvchilar.
Tez yo'llar
Tez yo'llar bo'limiga havola- Yetkazib beruvchi sahifasidagi Yangi kirim shu yetkazib beruvchi tanlangan holda ochiladi.
- Model sahifasidagi Kirim shu modelning o'lchamlar jadvalini ochadi.
- Yangi mahsulot qo'shayotganda Hozirgi qoldiq yozib, yetkazib beruvchini tanlasangiz, bu qoldiq o'sha yetkazib beruvchidan kirim bo'lib yoziladi (yetkazib beruvchi imkoniyatlari yoqilgan bo'lsa).
Savollar
Savollar bo'limiga havolaQabul qilgandan keyin xato topdim. Qabul qilingan kirimni o'zgartirib ham, o'chirib ham bo'lmaydi. Miqdor xato bo'lsa, qoldiqni Qoldiqni tuzatish bilan to'g'rilang (Qoldiq). Narx xato bo'lsa, egasi yoki boshqaruvchi mahsulot sahifasida Tannarxni tuzatadi.
Qoralamani o'chirsa bo'ladimi? Ha, qoralama sahifasida O'chirish tugmasi bor (egasi va boshqaruvchiga). Qabul qilingan kirim o'chirilmaydi.
Tovarning bir qismi keldi. Kelganini kiriting va qabul qiling. Qolgani kelganda yangi kirim qiling.
Yetkazib beruvchisiz kirim qilsa bo'ladimi? Ha, Yetkazib beruvchini bo'sh qoldiring. Lekin keyin kimdan qancha olinganini ko'ra olmaysiz.
Yo'l kira, tushirish xarajati tannarxga qo'shiladimi? Yo'q, tannarx faqat kirimdagi narxdan hisoblanadi. Bunday to'lovlarni Xarajatlar ga yozing.