Pul qutisi
Pul qutisi (денежный ящик) chek printeriga ulanadi va naqd pul bilan sotilganda o'zi ochiladi.
Qanday ishlaydi
Qanday ishlaydi bo'limiga havola- Pul qutisi kompyuterga emas, chek printeriga ulanadi: printer orqasidagi telefon simiga o'xshash DK (Cash drawer, RJ-11) uyasiga.
- Qutini printer ochadi, kompyuter esa printerga "och" buyrug'ini yuboradi.
- Brauzer printerga bunday buyruqni o'zi yubora olmaydi. Shuning uchun Windows o'rnatish fayli kompyuterga kichik yordamchi dastur o'rnatadi. U Windows bilan birga, ko'rinmay ishga tushadi va faqat sizning do'koningiz sahifasidan buyruq qabul qiladi.
Nima kerak:
- Windows kompyuter (yordamchi faqat Windows'da ishlaydi; telefon va planshetda pul qutisi ochilmaydi);
- orqasida DK uyasi bor chek printeri;
- Windows o'rnatish fayli.
Sozlash
Sozlash bo'limiga havola-
Pul qutisi simini chek printerining orqasidagi DK (Cash drawer) uyasiga ulang. Drayver kerak emas.
-
Sozlamalar → Qurilmalardan o'rnatish faylini yuklab oling va ishga tushiring. Oldin ishga tushirgan bo'lsangiz ham, qayta ishga tushiring. Chek printerining raqamini yozing. Keyingi savolga (kassa kompyuter yonganda ochilsinmi) o'zingizga qulay javob bering.
-
"Chek printeriga pul qutisi ulanganmi? (ha / yo'q)" savoliga
1deb yozing ("ha" degani) va Enter bosing. Klaviatura rus tilida bo'lsa ham1ishlaydi. -
"Pul qutisi yordamchisi ishlayapti" degan yozuv chiqadi. "Hozir pul qutisini ochib ko'raymi?" savoliga yana
1deb yozing: quti ochilishi kerak. -
Kassa yorlig'i orqali dasturni oching va Sozlamalar → Qurilmalar → Pul qutisiga o'ting.
-
Naqd pul bilan to'langanda pul qutisini ochishni yoqing.
-
Brauzer "bu qurilmadagi boshqa ilova va xizmatlarga kirish" uchun ruxsat so'rasa, Разрешить / Allowni bosing. Bu faqat bir marta so'raladi.
-
Pul qutisini ochish tugmasini bosing. Quti ochilsa, hammasi tayyor.
Qachon ochiladi
Qachon ochiladi bo'limiga havola- Naqd so'm yoki dollar bilan to'langan sotuvdan keyin (aralash to'lovning naqd qismi bo'lsa ham).
- Qaytarishda pul naqd (so'm yoki dollar) berilganda.
- Karta, o'tkazma, perechisleniye yoki nasiyada ochilmaydi.
Bu sozlama faqat shu kompyuter uchun. Har bir kassa kompyuterida alohida yoqing.
Qutini qo'lda ochish kerak bo'lsa (masalan, mayda pul uchun), Sozlamalar → Qurilmalarda Pul qutisini ochish tugmasini bosing. Bu tugma pul qutisi yoqilgan kompyuterda ko'rinadi.
Holat xabarlari
Holat xabarlari bo'limiga havola| Xabar | Ma'nosi |
|---|---|
| Pul qutisi yordamchisi ishlayapti. Printer: … | Hammasi joyida. |
| Ochish buyrug'i yuborildi (…). | Buyruq printerga ketdi. Quti ochilmasa, simi printerning DK uyasiga ulanganini tekshiring. |
| Pul qutisi yordamchisi javob bermadi. | Yordamchi bu kompyuterda ishlamayapti. O'rnatish faylini qayta ishga tushiring. |
| Pul qutisi ochilmadi: … | Printer buyruqni bajarmadi. Sababi ham yoziladi (ko'pincha printer o'chiq yoki uning nomi o'zgargan). |
Tekshirish tugmasi yordamchi ishlayotganini yana bir bor tekshiradi.
Quti ochilmasa
Quti ochilmasa bo'limiga havola-
Tekshirishni bosing. "Javob bermadi" chiqsa, o'rnatish faylini qayta ishga tushiring va pul qutisi savoliga
1("ha") deb javob bering. -
O'rnatish fayli "Yordamchi ishga tushmadi" desa, antivirus uni to'sgan bo'lishi mumkin. Antivirusda ruxsat bering va faylni qayta ishga tushiring.
-
Buyruq yuborilsa-yu, quti ochilmasa: sim printerning DK uyasiga (tarmoq yoki USB uyasiga emas) oxirigacha kirganini tekshiring. Qutining kaliti oddiy ish holatida turganini ham tekshiring: kalit bilan qulflangan quti ochilmaydi.
-
Printerni almashtirgan yoki qayta o'rnatgan bo'lsangiz, o'rnatish faylini qayta ishga tushiring va yangi printerning raqamini tanlang.
-
Tugmani kassa yorlig'i ochgan oynada yoqqaningizni tekshiring. Kassa yorlig'i oddiy Chrome'dan alohida ishlaydi: oddiy Chrome'da yoqilgan sozlama kassa yorlig'ida ishlamaydi.
-
Brauzer ruxsat so'raganda Блокировать / Block bosilgan bo'lsa, Chrome'ning sayt sozlamalarida (Настройки сайтов / Site settings) do'kon manzili uchun bu ruxsatni qayta yoqing.
Savollar
Savollar bo'limiga havolaTelefonda sotsam, pul qutisi ochiladimi? Yo'q. Pul qutisi faqat Windows kompyuterda, o'rnatish fayli o'rnatgan yordamchi orqali ochiladi.
Pul qutisini kompyuterga to'g'ridan-to'g'ri ulasa bo'ladimi? Yo'q. Dastur faqat chek printeriga ulangan qutini ochadi.
Bitta kompyuterda ikki do'kon ishlasa-chi? O'rnatish faylini har bir do'kon sahifasidan yuklab, ishga tushiring: yordamchi ikkala do'kon uchun ishlaydi. Quti oxirgi marta tanlangan chek printeri orqali ochiladi.