Asosiy matnga o'tish

Chek

Har bir sotuvning cheki bor. Uni printerdan chiqarasiz, rasm qilib saqlaysiz yoki mijozga yuborasiz. Printer bo'lmasa ham sotish mumkin.

To'lovdan keyin Sotuv yakunlandi oynasi chiqadi:

  • Yangi sotuv (kompyuterda Enter): keyingi xaridorga o'tasiz.
  • Chop etish (kompyuterda P tugmasi): chek printerdan chiqadi.
  • Chekni ko'rish: chek ekranda ochiladi. Internetsiz qilingan sotuvda bu tugma yo'q, lekin Chop etish ishlaydi.

Chek har sotuvdan keyin o'zi chiqsin desangiz: Sozlamalar → Qurilmalar → Har sotuvdan keyin chekni avtomatik chop etish. Bu sozlama faqat shu kompyuter yoki telefon uchun yoqiladi. Chek chop etish oynasisiz, darhol chiqishi uchun kompyuterni sozlang: Windows kompyuterni sozlash.

Chekni ko'rishni bossangiz, chek ochiladi. Tepada:

  • qog'oz turi: Chek 80 mm (yoki Chek 58 mm), A5 (A4 yarmi), A4 varaq. Boshqasini tanlasangiz, faqat shu chek o'sha ko'rinishda chiqadi, sozlama o'zgarmaydi;
  • Chop etish;
  • Rasm qilib saqlash: chek rasm (PNG) bo'lib telefon yoki kompyuterga saqlanadi;
  • Ulashish: chek rasmini Telegram yoki boshqa ilova orqali mijozga yuborasiz. Bu tugma qurilma ulashishni qo'llasa chiqadi (odatda telefonda).
Chek 80 mm
  1. Sotuvlar sahifasini oching va chekni toping: chek raqami, mijoz ismi yoki mahsulot nomi bo'yicha qidiring.

  2. Chekni oching va Chekni ko'rishni bosing.

  3. Chop etish, Rasm qilib saqlash yoki Ulashishni bosing.

Kassir faqat o'z sotuvlarining chekini topadi.

Yuqoridan pastga:

  • logotip (bo'lsa), do'kon nomi, manzili, telefoni va Chek boshidagi matn;
  • Barcha xodimlar tanlangan bo'lsa, xodimlar ismi va telefoni;
  • Chek raqami, Sana, Kassir (sotuvchi) va uning telefoni (kiritilgan bo'lsa);
  • mijoz tanlangan bo'lsa: Mijoz ismi va telefoni;
  • mahsulotlar: nomi, miqdori × narxi, summasi, qatordagi chegirma; quti bilan sotilgan bo'lsa, masalan «1 quti (24 dona)»;
  • Oraliq jami, Chegirma, perechisleniye ustamasi (bo'lsa), JAMI;
  • to'lov turlari va Qaytim;
  • mijoz tanlangan bo'lsa: To'landi, Eski qarz, Yangi qarz (avansi bor mijozda Oldingi avans, Qolgan avans);
  • shtrix kod va Chek oxiridagi matn.

Pastdagi shtrix kod qaytarish uchun kerak: kassada Qaytarishni bosib, shu kodni skanerlasangiz, sotuv darhol ochiladi. Batafsil: Qaytarish.

Chekni egasi yoki boshqaruvchi Sozlamalar → Chekda sozlaydi. O'ng tomonda (telefonda pastda) Chek ko'rinishi turadi: har bir o'zgarish darhol ko'rinadi.

Chek sozlamalari va o'ng tomonda chek ko'rinishi
Sozlamalar → Chek
Sozlama Nima qiladi
Qog'oz kengligi Chek 58 mm, Chek 80 mm, A5 (A4 yarmi) yoki A4 varaq
Bir varaqqa A4 uchun: 1 sahifa yoki 2 sahifa (yotiq varaqning ikki yarmida)
Chekda xodimlar Faqat sotuvchi yoki Barcha xodimlar (telefoni kiritilganlar)
Jami summani dollarda ham ko'rsatish Dollar yoqilgan do'konda chiqadi. Jami summa dollarda va kurs bilan yoziladi. Dollarda to'langan bo'lsa, bu to'lov baribir chiqadi
Varaqning pastki qismi A4 va A5 uchun: tovarlar soni va summa so'z bilan, to'lov turlari, imzo joylari
Chek boshidagi matn, Chek oxiridagi matn O'zingizning matningiz, masalan ish vaqti yoki «Xaridingiz uchun rahmat!»

Namunani chop etish bilan printerni sinab ko'rasiz. Do'kon nomi, manzili, telefoni va logotipi Sozlamalar → Do'konda: Do'kon sozlamalari.

A4 chek 1C dagi kabi «Tovar cheki» hujjati: raqami, sotuvchi va xaridor, tovarlar jadvali, jami summa, summa so'z bilan va imzo joylari (Topshirdi, Qabul qildi). Ulgurji mijozlar uchun qulay.

  • A5 (A4 yarmi): A4 varaqni o'rtasidan kesib, printerga tik qo'yasiz. Uzun chek keyingi varaqda davom etadi.
  • A4 · 2 sahifa: chek A5 o'lchamida, yotiq A4 varaqqa chiqadi: avval chap yarmiga, uzun bo'lsa davomi o'ng yarmiga. Bu ikki nusxa emas. Chop etish oynasida hech narsani sozlash shart emas.
A4 varaq

Har bir qurilma o'z printeri bilan

Har bir qurilma o'z printeri bilan bo'limiga havola

Kassada 80 mm printer, ofisda esa A4 printer bo'lsa: shu qurilmada Sozlamalar → Qurilmalar → Chek formatini oching va shu qurilmaning qog'ozini tanlang. Bu tanlov do'kon sozlamasidan ustun turadi. Printerni ulash: Chek printeri.

Internetsiz qilingan sotuvning chekida raqam o'rniga 8 belgili kod chiqadi, masalan Chek 3F9A21C7. Sotuv serverga yetib borgach, unga oddiy raqam beriladi. Batafsil: Internetsiz ishlash.

Chop etish oynasi har safar chiqyapti. Oddiy brauzerda shunday bo'ladi. Oynasiz chop etish uchun Windows kompyuterda o'rnatish faylini ishga tushiring va kassani faqat u yaratgan yorliqdan oching: Windows kompyuterni sozlash.

Chek juda kichik yoki chetlari kesilib chiqyapti. Qog'oz kengligi printeringizdagi rulon bilan bir xilmi, tekshiring (58 yoki 80 mm). Printer sozlamalaridagi qog'oz o'lchami ham shunday bo'lsin.

Chekdan dollar summasini olib tashlasa bo'ladimi? Ha: Jami summani dollarda ham ko'rsatishni o'chiring. Mijoz dollarda to'lagan bo'lsa, to'lov qatori baribir chiqadi.

Chekda soliq QR kodi bormi? Yo'q. Bu fiskal chek emas.

Mijozga chekni Telegramda yuborsa bo'ladimi? Ha: Chekni ko'rish → Ulashish → Telegram. Kompyuterda Rasm qilib saqlashni bosing va saqlangan rasmni yuboring.