Ko'p so'raladigan savollar
Bu yerda do'kon egalari ko'p beradigan savollar va ularga qisqa javoblar. Har bir javob oxirida to'liq sahifaga havola bor. Mahsulotlar haqidagi savollar alohida sahifada: Mahsulot savollari. Biror narsa ishlamasa: Muammolar va yechimlar.
Boshlash
Boshlash bo'limiga havolaDasturni yuklab olish kerakmi?
Dasturni yuklab olish kerakmi? bo'limiga havolaYo'q. Dastur brauzerda ochiladi: do'koningiz manzilini kiriting (masalan, dokoningiz.kassapos.online). Telefonda uni bosh ekranga ilova qilib qo'yish mumkin. Batafsil: Ilovani o'rnatish.
Nimadan boshlayman?
Nimadan boshlayman? bo'limiga havolaAvval mahsulotlarni hozirgi qoldig'i bilan kiriting. Keyin xodimlarni qo'shing va birinchi sotuvni qiling. Qadamba-qadam: Birinchi kun.
Dastur qaysi tillarda?
Dastur qaysi tillarda? bo'limiga havolaO'zbek (lotin) va rus tillarida. Har bir xodim tilni o'zi tanlaydi: Sozlamalar → Profil → Til.
Bir nechta telefon va kompyuterda ishlasa bo'ladimi?
Bir nechta telefon va kompyuterda ishlasa bo'ladimi? bo'limiga havolaHa. Bir vaqtning o'zida bir nechta telefon, planshet va kompyuterda ishlash mumkin. Har bir xodim o'z login va paroli bilan kiradi, har bir sotuvda kim sotgani yozib qo'yiladi. Batafsil: Xodim qo'shish.
Tovarlarimni Excel'dan yoki eski dasturdan ko'chirsa bo'ladimi?
Tovarlarimni Excel'dan yoki eski dasturdan ko'chirsa bo'ladimi? bo'limiga havolaHa. Egasi yoki boshqaruvchi Mahsulotlar → Import orqali CSV fayl yuklaydi (Excel jadvalni "CSV" qilib saqlay oladi). Katta ro'yxatni yoki eski dasturdagi bazani do'koningizni ulab bergan administrator yuklab berishi mumkin. Batafsil: Mahsulot savollari.
Smena ochish va yopish kerakmi?
Smena ochish va yopish kerakmi? bo'limiga havolaYo'q. Dasturda smena yo'q: tizimga kirgan har bir xodim istalgan paytda sotadi. Kim nima sotgani o'zi yozib boriladi va Sotuvlar sahifasida sotuvchilar bo'yicha ko'rinadi. Kun oxirida kassadagi pulni sanash kerak bo'lsa: Kassa hisobi. Batafsil: Sotuvchilar.
Tovar kassada "Qolmagan" deb turibdi va sotilmayapti.
Tovar kassada "Qolmagan" deb turibdi va sotilmayapti. bo'limiga havolaDastur qoldig'i yetmagan tovarni sotmaydi: to'lovni bosganda xato chiqadi (hozircha inglizcha: "Not enough stock for ..."). Tovarni Tovar kirimi yoki Inventarizatsiya orqali kiriting. Yoki egasi Sozlamalar → Do'konda Qoldiq yetmasa ham sotishga ruxsat berishni yoqadi (Do'kon ma'lumotlari).
Mijoz bir qismini kartadan, qolganini naqd to'lasa-chi?
Mijoz bir qismini kartadan, qolganini naqd to'lasa-chi? bo'limiga havolaSozlamalar → Imkoniyatlar sahifasidagi Aralash to'lov bo'limida Bitta sotuvni karta + naqd bilan to'lashni yoqing. Shunda to'lov oynasida Aralash tugmasi chiqadi. Batafsil: Imkoniyatlar.
Mijoz dollarda to'lasa-chi?
Mijoz dollarda to'lasa-chi? bo'limiga havolaSozlamalar → Imkoniyatlarda Dollar bilan savdoni yoqing va har kuni kursni kiriting. Qaytim so'mda beriladi. Batafsil: Dollar kursi.
Mijoz chekini yo'qotgan, tovarni qaytarmoqchi.
Mijoz chekini yo'qotgan, tovarni qaytarmoqchi. bo'limiga havolaKassada Qaytarishni bosing: ochilgan oynada Chekisiz qaytarish tugmasi bor. Kassirga egasi yoki boshqaruvchining PIN kodi kerak bo'ladi. Batafsil: Qaytarish.
Kassada hamma tovarlar ko'rinmayapti.
Kassada hamma tovarlar ko'rinmayapti. bo'limiga havolaKassa ekranida bir vaqtda ko'pi bilan 120 ta tovar chiqadi. Qolganlari ham bor: ularni qidiruv yoki skaner bilan toping. Batafsil: Kassada sotish.
Chekni qayta chiqarish yoki mijozga telefonda yuborish mumkinmi?
Chekni qayta chiqarish yoki mijozga telefonda yuborish mumkinmi? bo'limiga havolaHa. Sotuvlarda sotuvni oching va Chekni ko'rishni bosing. U yerda Chop etish, Rasm qilib saqlash va Ulashish tugmalari bor. Batafsil: Chek.
Pul va qarzlar
Pul va qarzlar bo'limiga havolaNasiyaga qanday sotaman?
Nasiyaga qanday sotaman? bo'limiga havolaKassada mijozni tanlang va to'lovda Nasiyani bosing. Qarz mijoz hisobiga yoziladi, chekda eski va yangi qarz chiqadi. Batafsil: Nasiya.
Mijoz oldindan pul bersa-chi?
Mijoz oldindan pul bersa-chi? bo'limiga havolaMijoz sahifasida Avans qabul qilishni bosing: pul mijoz hisobida Avans bo'lib turadi. Mijozning qarzi bo'lsa, tugma Qarzni to'lash deb yoziladi: qarzdan ortiqcha bergan puli avans bo'lib qoladi. Keyingi xaridda kassada pul avansdan yechiladi (Avansdan). Kassir avansni faqat naqd pulda qabul qiladi. Batafsil: Mijozlar.
Kassadan o'zimga pul olsam, bu xarajat bo'ladimi?
Kassadan o'zimga pul olsam, bu xarajat bo'ladimi? bo'limiga havolaYo'q. Uni Kassa hisobi sahifasida Egasi oldi deb yozing: kassadagi pul kamayadi, foyda esa kamaymaydi. Xarajat bu ijara, oylik, tushlik, yo'l kirasi kabi haqiqiy chiqim. Yetkazib beruvchiga to'langan pul ham xarajat emas. Batafsil: Kassa hisobi, Xarajatlar.
Kassada hozir qancha pul bo'lishi kerakligini qanday bilaman?
Kassada hozir qancha pul bo'lishi kerakligini qanday bilaman? bo'limiga havolaSozlamalar → Imkoniyatlar sahifasidagi Kassa nazorati bo'limida Kassadagi pulni kuzatishni yoqing. Menyuda Kassa hisobi sahifasi paydo bo'ladi. U kassada hozir qancha naqd pul turishi kerakligini ko'rsatadi. Kun oxirida pulni sanab, kunni yopasiz. Batafsil: Kassa hisobi.
Foyda qanday hisoblanadi?
Foyda qanday hisoblanadi? bo'limiga havolaYalpi foyda = tushum − qaytarilgan pul − sotilgan (va qaytib kelmagan) tovarning tannarxi. Sof foyda = yalpi foyda − xarajatlar. Tannarxi kiritilmagan tovarning butun narxi foyda bo'lib ko'rinadi, shuning uchun tannarxni albatta kiriting. Batafsil: Bosh panel.
Tovarga 20% qo'shib sotaman. Dastur ham 20% ko'rsatadimi?
Tovarga 20% qo'shib sotaman. Dastur ham 20% ko'rsatadimi? bo'limiga havolaHa. Ustama tannarxdan hisoblanadi: 100 000 so'mga olib, 120 000 so'mga sotsangiz, ustama 20%.
Sotuvchilarga savdosidan foiz beraman. Dastur hisoblab beradimi?
Sotuvchilarga savdosidan foiz beraman. Dastur hisoblab beradimi? bo'limiga havolaHa. Sozlamalar → Imkoniyatlar sahifasidagi Sotuvchi obyomi bo'limida Sotuvchilar obyomini hisoblashni yoqing: ustamasi past tovarlar va hali to'lanmagan nasiya obyomga qo'shilmaydi. Batafsil: Sotuvchilar va obyom.
Xodimlar
Xodimlar bo'limiga havolaKassir foyda va tannarxni ko'radimi?
Kassir foyda va tannarxni ko'radimi? bo'limiga havolaYo'q. Kassir sotadi, tovarni qaytarib oladi, mijozlar bilan ishlaydi, qarz to'lovini qabul qiladi, tovar kirimi va xarajatlarni kiritadi. U faqat o'z sotuvlarini ko'radi. Batafsil: Rollar.
Kassir yangi mahsulot qo'sha oladimi?
Kassir yangi mahsulot qo'sha oladimi? bo'limiga havolaHa, egasi unga Mahsulotlar bilan ishlash ruxsatini bersa. Tannarxni baribir ko'rmaydi. Batafsil: Rollar.
Hamma narsani ko'radigan, lekin hisobotlarni ko'rmaydigan yordamchi kerak.
Hamma narsani ko'radigan, lekin hisobotlarni ko'rmaydigan yordamchi kerak. bo'limiga havolaUnga Boshqaruvchi rolini bering. U hisobotlar, faylga yuklab olish, xodimlarni boshqarish va obunadan boshqa hamma narsani qila oladi. Batafsil: Rollar.
Xodim ishdan ketdi. Nima qilaman?
Xodim ishdan ketdi. Nima qilaman? bo'limiga havolaSozlamalar → Xodimlarda xodimni oching, Faol belgisini o'chiring va Saqlashni bosing. U endi kira olmaydi, sotuvlari esa tarixda qoladi. Batafsil: Xodim qo'shish.
Kassirning PIN kodi ishlamay qoldi.
Kassirning PIN kodi ishlamay qoldi. bo'limiga havolaPIN 5 marta noto'g'ri terilsa, u vaqtincha bloklanadi (5 daqiqadan 1 kungacha). Parol bilan kiring yoki blok tugashini kuting. PIN 0 bilan boshlansa, egasi xodimga 0 bilan boshlanmaydigan boshqa PIN qo'yib bersin. Batafsil: PIN kod.
Qurilmalar
Qurilmalar bo'limiga havolaQanday printer va skaner kerak?
Qanday printer va skaner kerak? bo'limiga havolaWindows uchun drayveri bor istalgan 58 yoki 80 mm chek printeri va istalgan USB skaner. Batafsil: Chek printeri, Skaner va kamera.
Chek chop etish oynasisiz, darhol chiqsin.
Chek chop etish oynasisiz, darhol chiqsin. bo'limiga havolaWindows kompyuterda Sozlamalar → Qurilmalardagi o'rnatish faylini ishga tushiring. Keyin kassani doim ish stolidagi kassa yorlig'i bilan oching. Batafsil: Windows kompyuterni sozlash.
Skanerim yo'q. Telefon kamerasi bilan bo'ladimi?
Skanerim yo'q. Telefon kamerasi bilan bo'ladimi? bo'limiga havolaHa. Telefon va planshetda qidiruv yonida kamera tugmasi bor. Batafsil: Skaner va kamera.
Pul qutisi naqd sotuvda o'zi ochiladimi?
Pul qutisi naqd sotuvda o'zi ochiladimi? bo'limiga havolaHa, uchta shart bajarilsa: quti chek printeriga ulangan, Windows kompyuterga o'rnatish fayli bilan pul qutisi yordamchisi o'rnatilgan va shu kompyuterda Sozlamalar → Qurilmalar → Pul qutisida Naqd pul bilan to'langanda pul qutisini ochish yoqilgan. Quti naqd so'm yoki dollar bilan sotuvda va naqd qaytarishda ochiladi. Karta, o'tkazma, perechisleniye va nasiyada ochilmaydi. Batafsil: Pul qutisi.
Internet va yangilanishlar
Internet va yangilanishlar bo'limiga havolaInternet bo'lmasa ishlaydimi?
Internet bo'lmasa ishlaydimi? bo'limiga havolaKassa ishlaydi: sotuvlar qurilmaning o'zida saqlanadi va internet qaytganda o'zi yuboriladi. Internetsiz qaytarish, PIN bilan xodim almashtirish, yangi mijoz qo'shish va tizimdan chiqish mumkin emas. Biror sotuv 48 soatdan ortiq yuborilmay tursa, kassa internetsiz sotishni to'xtatadi. Boshqa sahifalar (hisobotlar, mahsulotlar) internet bilan ishlaydi. Egasi internetsiz sotishni Sozlamalar → Imkoniyatlarda o'chirib qo'yishi mumkin. Batafsil: Internetsiz ishlash.
Internetsiz qilingan sotuvlar yo'qolmaydimi?
Internetsiz qilingan sotuvlar yo'qolmaydimi? bo'limiga havolaYo'qolmaydi, faqat qurilma ularni yuborishdan oldin tozalanib ketmasa. Internet qaytguncha brauzer ma'lumotlarini tozalamang va ilovani o'chirmang. Qaysi kassada yuborilmagan sotuv borligini egasi Bosh panelda ko'radi.
Dastur yangilanadimi? Men nima qilishim kerak?
Dastur yangilanadimi? Men nima qilishim kerak? bo'limiga havolaYangilanish o'zi keladi. Kassa tepasida Yangi versiya tugmasi chiqsa (telefonda faqat strelkali ko'k tugma), sotuv yo'q paytda uni bosing. Yangilanishdan keyin sahifa ochilmasa yoki bo'sh qolsa, sahifani yangilang (F5) yoki ilovani yopib, qayta oching. Batafsil: Muammolar va yechimlar.
Ma'lumotlar xavfsizligi
Ma'lumotlar xavfsizligi bo'limiga havolaMa'lumotlarim saqlanib qoladimi?
Ma'lumotlarim saqlanib qoladimi? bo'limiga havolaHa. Ma'lumotlaringiz telefoningizda emas, serverda saqlanadi va har kecha zaxira nusxasi olinadi. Telefon buzilsa ham, boshqa qurilmadan kirib, ishni davom ettirasiz.
Telefonim yo'qolsa yoki o'g'irlansa-chi?
Telefonim yo'qolsa yoki o'g'irlansa-chi? bo'limiga havolaBoshqa qurilmadan kiring va parolingizni o'zgartiring (Sozlamalar → Profil). Agar xodimning telefoni yo'qolgan bo'lsa, uning parolini almashtiring yoki uni nofaol qiling. Faqat o'sha telefonda internetsiz qilingan va hali yuborilmagan sotuvlar yo'qoladi.
Boshqa do'konlar mening ma'lumotlarimni ko'radimi?
Boshqa do'konlar mening ma'lumotlarimni ko'radimi? bo'limiga havolaYo'q. Har bir do'konning ma'lumotlari alohida saqlanadi va faqat o'sha do'kon xodimlariga ko'rinadi. Do'kon ichida esa har kim faqat o'z roliga ruxsat etilgan narsani ko'radi (Rollar).
Dastur fiskal kassami? Soliq QR kodini chiqaradimi?
Dastur fiskal kassami? Soliq QR kodini chiqaradimi? bo'limiga havolaYo'q. Dastur fiskal kassa emas va fiskal modulga ulanmagan. U chiqaradigan chek do'konning o'z hisobi uchun, unda soliq QR kodi yo'q. Do'koningiz fiskal chek berishi kerakmi va qanday, buni soliq maslahatchingiz yoki kassa xizmat ko'rsatish markazidan so'rang.
Dastur qancha turadi?
Dastur qancha turadi? bo'limiga havolaOylik to'lov har bir do'kon bilan alohida kelishiladi. U Obuna sahifasida ko'rinadi (bu sahifani faqat egasi ko'radi). Batafsil: Obuna.
Qanday to'layman?
Qanday to'layman? bo'limiga havolaObuna sahifasidagi karta raqamiga pul o'tkazing (sahifada Click yoki Payme tugmasi bo'lsa, ular orqali ham to'lash mumkin) va To'ladimni bosing. Pul kelganini tekshirib, tasdiqlaymiz. Batafsil: Obuna.
Vaqtida to'lamasam nima bo'ladi?
Vaqtida to'lamasam nima bo'ladi? bo'limiga havolaAvval egasining ekrani tepasida eslatma chiqadi. To'lov uzoq kechiksa, obuna to'xtatilishi mumkin: unda to'lov tasdiqlanmaguncha dastur ishlamaydi. Ma'lumotlaringiz o'chmaydi, qarz to'lanib, tasdiqlangach hammasi darhol qaytadi.