Do'kon ma'lumotlari
Sozlamalar → Do'konda do'koningizning asosiy ma'lumotlari turadi: nomi, telefoni, manzili, logotipi. Ular chekda va dastur menyusida chiqadi.
Bu sahifani Egasi va Boshqaruvchi o'zgartira oladi.
Ma'lumotlarni to'ldirish
Ma'lumotlarni to'ldirish bo'limiga havola-
Menyuda Sozlamalarni, keyin Do'konni oching.
-
Maydonlarni to'ldiring (pastdagi jadvalga qarang).
-
Pastdagi Saqlash tugmasini bosing.
| Maydon | Qayerda chiqadi |
|---|---|
| Do'kon nomi | Menyuning tepasida, kassada, chekning boshida. Windows uchun kassa yorlig'i ham shu nom bilan ataladi. |
| Telefon | Chekda, do'kon nomi ostida. |
| Manzil | Chekda, do'kon nomi ostida. |
| Valyuta nomi | Summalar yonida. Odatda so'm. |
| Asosiy rang | Dastur tugmalari va belgilarining rangi. Rangni tanlang yoki #0F766E kabi kodini yozing. |
| Logotip | Menyuda, chekda (oq-qora bo'lib) va A4 varaqda. Rasm faylini tanlang. |
Qoidalar: qoldiq yetmasa sotish
Qoidalar: qoldiq yetmasa sotish bo'limiga havolaQoldiq yetmasa ham sotishga ruxsat berish tugmasi:
- O'chiq (odatda shunday): qoldig'i yetmagan tovarni sotib bo'lmaydi. To'lov paytida kassa xato xabarini chiqaradi va sotuv o'tmaydi.
- Yoqilgan: tovar qoldiqda ko'rinmasa ham sotiladi, qoldiq minusga tushadi.
Qachon yoqish kerak: qoldiqlarni hali kiritmagan bo'lsangiz-u, sotishni boshlamoqchi bo'lsangiz. Qoldiqlarni kiritib bo'lgach, uni o'chirib qo'ying: shunda Ombordagi raqamlar to'g'ri bo'ladi.
Bosh panel ko'rsatkichlari
Bosh panel ko'rsatkichlari bo'limiga havolaBosh panel blokida bosh panelda qaysi raqamlar chiqishini tanlaysiz. Bu tanlov hamma uchun bir xil: egasi ham, boshqaruvchi ham shuni ko'radi.
- Yalpi foyda: o'chirilsa, bosh panelda yalpi foyda ham, grafikdagi foyda chizig'i ham ko'rinmaydi (hisobotlarda qoladi).
- O'rtacha chek.
- Sof foydani ko'rsatish: o'chirilsa, bosh panelda ham, hisobotlarda ham sof foyda ko'rinmaydi.
Batafsil: Bosh panel.
Sozlamalarning boshqa bo'limlari
Sozlamalarning boshqa bo'limlari bo'limiga havola| Bo'lim | Nima uchun | Batafsil |
|---|---|---|
| Profil | O'z parolingiz, til va mavzu (yorug' yoki qorong'i). Har bir xodimda bor. | Xodim qo'shish |
| Chek | Chek qog'ozi (58 mm, 80 mm, A5, A4), chek boshi va oxiridagi matn. | Chek |
| Imkoniyatlar | Dollar, aralash to'lov, ulgurji narx, narx nazorati va boshqa qo'shimchalar. | Imkoniyatlar |
| Qurilmalar | Shu kompyuter yoki telefonning printeri, pul qutisi, skaneri. Har bir xodimda bor. | Chek printeri |
| Bo'limlar | Mahsulot bo'limlari (kategoriyalar). | Bo'limlar |
| O'lchov birliklari | Dona, kg, litr, metr va boshqalar. | O'lchov birliklari |
| O'lcham va ranglar | Kiyim va poyabzal o'lchamlari, ranglar. Imkoniyatlarda yoqilganda chiqadi. | O'lcham va rang |
| Xodimlar | Xodimlar, rollar, PIN kodlar. Faqat egasi uchun. | Xodim qo'shish |
| Xarajat turlari | Ijara, oylik, kommunal kabi xarajat turlari. | Xarajatlar |
Savollar
Savollar bo'limiga havolaDo'kon nomini o'zgartirsam, eski cheklar o'zgaradimi? Eski chekni qayta chop etsangiz, unda yangi nom chiqadi. Sotuvlar va summalar o'zgarmaydi.
Do'konning internet manzilini (dokoningiz.kassapos.online) o'zgartirsa bo'ladimi?
Sozlamalarda bu manzil o'zgarmaydi. Kerak bo'lsa, do'koningizni ulab bergan administratorga murojaat qiling.
Kassir bu sahifani ko'radimi? Yo'q. Kassir Sozlamalarda faqat Profil va Qurilmalarni ko'radi.