Bosh panel
Bosh panel do'kon qanday ishlayotganini bir qarashda ko'rsatadi: qancha sotildi, qancha foyda qoldi, pul qanday tushdi, kim qarzdor va qaysi tovar tugab qolyapti.
Bosh panelni egasi va boshqaruvchi ko'radi. Kassir uni ko'rmaydi: u kirganda darhol Kassa ochiladi.
Davrni tanlash
Davrni tanlash bo'limiga havolaSahifa Bugun bilan ochiladi. Boshqa davrni yuqoridagi tugmalar bilan tanlang:
- Bugun: bugungi kun.
- Hafta: shu haftaning dushanbasidan bugungacha.
- Oy: shu oyning 1-sanasidan bugungacha.
- Yil: 1-yanvardan bugungacha.
- Kalendar belgisi: Dan va Gacha sanalarini o'zingiz tanlaysiz.
Raqamlar har daqiqada o'zi yangilanadi, sahifani qayta ochish shart emas.
Yuqoridagi ko'rsatkichlar
Yuqoridagi ko'rsatkichlar bo'limiga havola| Ko'rsatkich | Nimani bildiradi |
|---|---|
| Tushum | Shu davrdagi sotuvlar summasi, chegirmadan keyin. Nasiyaga sotilgani ham kiradi, bekor qilingan sotuvlar kirmaydi. Ostida cheklar soni. |
| Yalpi foyda | Tushumdan qaytarilgan tovarlar puli va sotilgan tovarning tannarxi ayrilgandan keyin qolgan pul. Ostida Ustama: tovar tannarxiga necha foiz qo'shib sotilgani. |
| O'rtacha chek | Tushum cheklar soniga bo'lingani: bitta xarid o'rtacha qancha bo'lgani. |
| Sof foyda | Yalpi foydadan Xarajatlar ayrilgani. Ostida shu davrdagi xarajatlar summasi. |
Tushum, Yalpi foyda va O'rtacha chek yonidagi yashil yoki qizil foiz oldingi xuddi shunday davrga nisbatan o'zgarishni ko'rsatadi. Masalan, Hafta tanlangan bo'lsa, undan oldingi shuncha kun bilan solishtiriladi.
To'lov turlari va qarzlar
To'lov turlari va qarzlar bo'limiga havolaIkkinchi qatorda pul qanday tushgani ko'rinadi:
- Naqd: naqd tushgan pul, berilgan qaytim ayrilgan. Dollar olingan bo'lsa, ostida dollar summasi ham yoziladi.
- Karta: karta va o'tkazma birga. O'tkazma bo'lsa, ostida alohida yoziladi.
- Perechisleniye: bank orqali to'lov. Bu imkoniyat yoqilgan yoki shu davrda shunday to'lov bo'lgan bo'lsa chiqadi.
- Nasiyaga sotildi: shu davrda qarzga berilgan tovar summasi. Mijozning avansidan to'langan qismi bunga kirmaydi.
- Mijozlar qarzi (jami): hozir hamma mijozlar do'konga qancha qarzdor. Oldindan pul bergan mijozlar bo'lsa, ostida ularning Avans summasi chiqadi.
Pastdagi bloklar
Pastdagi bloklar bo'limiga havola- Sotuvlar dinamikasi: soat, kun yoki oy bo'yicha grafik, tushum va foyda chizig'i bilan.
- Eng ko'p sotilganlar: shu davrda eng ko'p pul keltirgan 8 ta tovar.
- Bo'limlar bo'yicha: qaysi bo'lim qancha sotdi.
- Kassirlar bo'yicha: har bir sotuvchi qancha sotdi, nechta chek urdi va qancha naqd oldi.
- Tugab qolayotganlar: qoldig'i Minimal qoldiqqa tushgan yoki undan kam qolgan tovarlar. Tovar nomini bossangiz, uning sahifasi ochiladi. Butun ombor → havolasi Ombor sahifasini ochadi.
- Eng katta qarzdorlar: eng ko'p qarzi bor 5 ta mijoz.
- Oxirgi sotuvlar: eng oxirgi 8 ta chek, tanlangan davrdan qat'i nazar. Chekni bossangiz, sotuv ochiladi.
Kassa hisobi yoqilgan bo'lsa
Kassa hisobi yoqilgan bo'lsa bo'limiga havolaSozlamalar → Imkoniyatlarda Kassa nazorati yoqilgan bo'lsa, ko'rsatkichlar ustida Kassada bo'lishi kerak qatori chiqadi: hozir kassada qancha naqd pul turishi kerak. Shu davrda egasi kassadan pul olgan bo'lsa, ostida Egasi oldi yoziladi. Qatorni bossangiz, Kassa hisobi ochiladi.
Internetsiz qilingan sotuvlar
Internetsiz qilingan sotuvlar bo'limiga havolaBiror kassa internetsiz sotgan va sotuvlari hali serverga yetib kelmagan bo'lsa, bosh panel tepasida ogohlantirish chiqadi: kimning kassasida nechta sotuv va qancha summa kutib turibdi. Bu sotuvlar internet qaytganda o'zi yuboriladi. Batafsil: Internetsiz ishlash.
Bosh panelda nima ko'rinishini sozlash
Bosh panelda nima ko'rinishini sozlash bo'limiga havolaBa'zi egalar foydani xodimlar ko'radigan ekranda ko'rsatishni istamaydi. Buni o'zingiz tanlaysiz.
-
Sozlamalar → Do'konni oching.
-
Bosh panel blokida keraksiz ko'rsatkichni o'chiring: Yalpi foyda, O'rtacha chek yoki Sof foydani ko'rsatish.
-
Saqlashni bosing.
Yalpi foyda o'chirilsa, grafikdagi foyda chizig'i ham yo'qoladi. Sof foyda o'chirilsa, uning o'rnida Xarajatlar chiqadi. Hisobotlar sahifasida yalpi foyda va o'rtacha chek baribir ko'rinadi, sof foyda esa u yerda ham yashiriladi.
Savollar
Savollar bo'limiga havolaTushum va foyda nega har xil? Tushum: sotilgan tovarlar summasi. Yalpi foyda: shundan tovarning tannarxi ayrilgani. Masalan, 1 000 000 so'm tushum va 800 000 so'm tannarx bo'lsa, yalpi foyda 200 000 so'm bo'ladi.
Foyda nega noto'g'ri ko'rinadi? Ko'pincha mahsulotlarga tannarx kiritilmagan bo'ladi. Tannarx 0 bo'lsa, butun narx foyda bo'lib ko'rinadi. Tovarni Tovar kirimi orqali qabul qiling yoki mahsulot kartochkasida tannarxni yozing. Har bir sotuv o'sha paytdagi tannarxni eslab qoladi, shuning uchun tuzatilgan tannarx faqat keyingi sotuvlarga ta'sir qiladi.
Boshqaruvchi foydani ko'radimi? Ha. Boshqaruvchi tannarx va foydani ko'radi, kassir ko'rmaydi. Batafsil: Rollar.
Kecha qancha sotganimni qanday ko'raman? Kalendar belgisini bosing va ikkala maydonda ham kechagi sanani tanlang. Yoki Sotuvlar sahifasida Kecha tugmasini bosing.