Kassa hisobi
Kassa hisobi kassadagi naqd pulni kuzatadi: hozir kassada qancha pul bo'lishi kerak, pul qayerdan keldi va qayerga ketdi. Kun oxirida pulni sanaysiz, dastur esa kamomad yoki ortiqchani ko'rsatadi.
Bu sotuvni hech qachon to'xtatmaydi. Dasturda smena yo'q, kunni yopish faqat pulni sanash uchun.
Yoqish
Yoqish bo'limiga havolaKassa hisobi sahifasi faqat shu imkoniyat yoqilganda chiqadi. Egasi yoki boshqaruvchi Sozlamalar → Imkoniyatlarni ochib, Kassa nazorati blokida Kassadagi pulni kuzatishni yoqadi. Shundan keyin menyuda Kassa hisobi paydo bo'ladi (telefonda Yana ichida).
Sahifani faqat egasi va boshqaruvchi ko'radi. Kassir odatdagidek sotaveradi.
Hisobni boshlash
Hisobni boshlash bo'limiga havola-
Kassa hisobini oching. Kassa hisobini boshlash oynasi chiqadi.
-
Kassadagi naqd pulni sanang va Hozir kassada (so'm) maydoniga yozing. Dollar yoqilgan bo'lsa, dollarni Hozir kassada ($) maydoniga yozing.
-
Boshlashni bosing.
Shundan keyin har bir sotuv, qaytarish, xarajat va olingan pul o'zi hisoblanadi.
Kassada bo'lishi kerak
Kassada bo'lishi kerak bo'limiga havolaSahifadagi katta raqam: Kassada bo'lishi kerak. U Qayerdan qancha blokida shunday hisoblanadi:
| Qator | Belgi |
|---|---|
| Boshida bor edi (oxirgi yopishda kassada qolgan pul) | |
| Naqd savdo (qaytimsiz): naqd sotuvlar, berilgan qaytim ayrilgan | + |
| Mijozlar to'lovi (qarz, avans): naqd berilgani | + |
| Kassaga qo'yildi | + |
| Qaytarilgan tovar puli: naqd qaytarilgani | − |
| Mijozga avans qaytarildi: naqd qaytarilgani | − |
| Xarajatlar: kassadan berilgani | − |
| Ta'minotchilarga: kassadan berilgani | − |
| Egasi oldi | − |
Dollar alohida hisoblanadi: Dollar bo'lishi kerak.
Yon tomondagi Shu davrda blokida oxirgi yopishdan beri qilingan sotuvlar soni va summasi turadi. Uning Kassaga tushmagan qismida kassaga kirmagan pul ko'rinadi: Karta, O'tkazma, Perechisleniye, Nasiyaga sotildi, Avansdan sotildi, Qarz to'lovi (karta, o'tkazma), Avans qaytarildi (karta, o'tkazma) va Xarajat (kassadan emas). Bu pul kassadagi summaga qo'shilmaydi.
Pul qo'yish
Pul qo'yish bo'limiga havolaMasalan, ertalab qaytim uchun kassaga mayda pul qo'ydingiz:
-
Pul qo'yishni bosing.
-
Summani yozing. Dollar yoqilgan bo'lsa, oldin so'm yoki $ belgisini tanlang.
-
Kerak bo'lsa Izoh yozing va Saqlashni bosing.
Pul olish
Pul olish bo'limiga havolaPul olishni bosing va pul nima uchun olinayotganini tanlang:
- Egasi oldi: do'kon egasi pulni o'ziga oldi. Bu xarajat emas, foyda kamaymaydi.
- Xarajat: tushlik, ijara, yo'l kira va hokazo. Foydadan ayriladi. Buni tanlasangiz, xarajat oynasi ochiladi: Xarajatlar.
- Ta'minotchiga to'lov: tovar uchun berilgan pul. Bu ham xarajat emas. Ta'minotchini ro'yxatdan tanlang yoki nomini izohga yozing. Shu yetkazib beruvchi bilan qarz hisobi yuritilsa, unga bo'lgan qarzingiz ham kamayadi.
Summa va izohni yozib, Saqlashni bosing. Hammasi Kassadan kirim-chiqim ro'yxatida ko'rinadi.
Kunni yopish
Kunni yopish bo'limiga havola-
Kunni yopishni bosing.
-
Kassadagi pulni sanang va Sanaldiga yozing. Bu paytda qancha bo'lishi kerakligi ko'rsatilmaydi: sanoq halol bo'lishi uchun. Davom etishni bosing.
-
Endi Kassada bo'lishi kerak, Sanaldi va farq ko'rinadi: To'g'ri, Kamomad (pul kam) yoki Ortiqcha (pul ko'p).
-
Egasi oladiga o'zingiz olayotgan summani yozing yoki Hammasini bosing. Pastda «Ertaga kassada qoladi: ...» yozuvi chiqadi.
-
Farq bo'lsa, Izohga sababini yozing. Kunni yopishni bosing.
Kassada qolgan pul keyingi davrning Boshida bor edi qatoriga o'tadi. Yopilgan kun Yopilgan kunlar ro'yxatiga tushadi. Uni bossangiz, o'sha davrning to'liq hisobi ochiladi.
Har kuni yopish shart emas. Qachon qulay bo'lsa, o'shanda yopasiz: masalan, har kech yoki haftada bir marta.
Internetsiz sotuvlar
Internetsiz sotuvlar bo'limiga havolaKassalarda hali yuborilmagan internetsiz sotuvlar bo'lsa, kunni yopishda ogohlantirish chiqadi: «Kassalarda hali 2 ta sotuv (...) yuborilmagan: kutilgan summa to'liq emas.» Iloji bo'lsa, ular yetib kelgandan keyin yoping.
Yopilgandan keyin kelgan sotuvlar o'sha kunning hisobida alohida qator bo'lib ko'rinadi va haqiqiy farq qayta hisoblanadi. Batafsil: Internetsiz ishlash.
Savollar
Savollar bo'limiga havola«Kassada bo'lishi kerak» minusga tushdi. Kassada bor puldan ko'proq chiqim yozilgan. Ehtimol, pulning bir qismi boshqa joydan, masalan egasining o'z cho'ntagidan berilgan. Bunday xarajat yoki yetkazib beruvchiga to'lovni yozganda Kassadan berildini o'chirish kerak edi.
Xarajatni kartadan to'ladim. Kassa hisobiga ta'sir qiladimi? Xarajatni Xarajatlar sahifasida yozing va Kassadan berildini o'chiring. Shunda kassadagi summa o'zgarmaydi, xarajat esa baribir foydadan ayriladi.
Xato yozilgan kirim-chiqimni o'chirsa bo'ladimi? Ha, lekin faqat kun yopilmaguncha. Yonida axlat qutisi belgisi bor yozuvni (kassaga qo'yilgan pul, egasi olgan pul, yetkazib beruvchiga berilgan pul) egasi yoki boshqaruvchi o'chira oladi. Kun yopilgandan keyin bu yozuvlar o'chirilmaydi. Xato xarajat esa Xarajatlar sahifasidan o'chiriladi.
Kassir kassa hisobini ko'radimi? Yo'q, uni faqat egasi va boshqaruvchi ko'radi. Lekin kassa hisobi yoqilgan bo'lsa, kassir yozgan xarajat ham kassadagi summadan ayriladi (agar Kassadan berildi yoqiq bo'lsa).
Kunni yopsam, sotuv to'xtaydimi? Yo'q. Kassa ishlayveradi. Yopish faqat pulni sanash va egasi olgan pulni yozib qo'yish uchun.