Asosiy matnga o'tish

Sotuvlar tarixi

Sotuvlar sahifasida har bir chek saqlanadi: qachon sotilgan, kim sotgan, kimga, qancha va qanday to'langan. Shu yerdan chekni qayta chiqarasiz, qaytarish qilasiz va kim qancha sotganini ko'rasiz.

Sotuvlar sahifasi: davr, qidiruv, sotuvchilar kartochkalari va cheklar jadvali
Sotuvlar
  • Davr: Bugun, Kecha, Hafta, Oy yoki kalendar belgisini bosib, o'zingiz tanlagan sanalar.
  • Qidiruv: chek raqami, mijoz ismi yoki telefoni, mahsulot nomi.
  • Barcha sotuvchilar: bitta sotuvchining sotuvlarini ko'rish. Bu tanlov egasi va boshqaruvchida bor.
  • Tugmalar: Barchasi, Narx nazorati (ruxsat bilan o'tgan sotuvlar), Oflayn va Tekshirish kerak (internetsiz qilingan sotuvlar). Ular faqat kerak bo'lganda chiqadi.

Ro'yxatdagi belgilar:

  • qalqon belgisi: sotuv narx nazoratidan ruxsat bilan o'tgan;
  • bulut belgisi: sotuv internetsiz qilingan (qizil bo'lsa, tekshirish kerak);
  • Ulgurji: ulgurji narxda sotilgan.

Telefonda jadval qisqaroq: vaqt va sotuvchi chek raqami ostida, to'lov turi esa summa ostida yoziladi.

Sotuvlar: telefonda

Jadval ustida har bir sotuvchining kartochkasi turadi: tanlangan davrdagi cheklar soni, tushum, to'lov turlari bo'yicha summalar (Naqd, Karta, O'tkazma, Nasiya va boshqalar) va qaytarilgan summa. Egasi va boshqaruvchi Foydani ham ko'radi. Sotuvchi obyomi yoqilgan bo'lsa, ularga Obyom ham chiqadi.

Kartochkani bossangiz, sotuvchining sahifasi ochiladi: tushum, o'rtacha chek, qaytarishlar, bergan chegirmalari, to'lov turlari, grafik va eng ko'p sotgan mahsulotlari. Batafsil: Sotuvchilar.

Chek raqamini bosing. Sotuv sahifasining tepasida sana, sotuvchi va kassa nomi yoziladi. Pastda:

  • mahsulotlar: miqdori, narxi, summasi, chegirmasi va qaytarilgani;
  • Oraliq jami, Chegirma, Jami, Qaytim va mijoz (ismini bossangiz, mijoz sahifasi ochiladi);
  • To'lovlar: qanday to'langani; dollarda to'langan bo'lsa, kursi bilan;
  • Qaytarishlar: shu chek bo'yicha qaytgan tovarlar;
  • egasi va boshqaruvchi uchun: Tannarx va Foyda.

Sotuv narx nazoratidan ruxsat bilan o'tgan bo'lsa, alohida blokda nima buzilgani va kim ruxsat bergani yoziladi.

Bitta sotuv: mahsulotlar jadvali, jami, to'lovlar va tugmalar
Sotuv sahifasi

Yuqoridagi tugmalar:

  • Chekni ko'rish: chekni ochish, chop etish, rasm qilib saqlash, ulashish. Batafsil: Chek.
  • Qaytarish: Qaytarish.
  • Bekor qilish (egasi va boshqaruvchi): xato kiritilgan sotuvni bekor qiladi. Mahsulotlar omborga qaytadi, nasiya o'chadi. Faqat hali hech narsa qaytarilmagan sotuvda ishlaydi.
Holat Ma'nosi
Yakunlangan Oddiy sotuv
Qisman qaytarilgan Bir qismi qaytarilgan
Qaytarilgan Hammasi qaytarilgan
Bekor qilingan Xato deb bekor qilingan

Internetsiz qilingan sotuvning sahifasida «Bu sotuv internetsiz qilingan va keyin yuborilgan.» degan yozuv bor. Server biror narsani belgilagan bo'lsa (qoldiq minusga tushgan, narx o'zgargan va hokazo), ro'yxat qizil blokda chiqadi. Egasi yoki boshqaruvchi uni o'qib chiqib, Tekshirildini bosadi: sotuv Tekshirish kerak ro'yxatidan chiqadi. Batafsil: Internetsiz ishlash.

Kassir faqat o'zi sotgan cheklarni va faqat o'z kartochkasini ko'radi. Tannarx va foyda unga ko'rinmaydi. Sotuvchi tanlash ham yo'q.

Egasi sahifa tepasidagi CSV yuklab olish tugmasi bilan tanlangan davrdagi sotuvlarni faylga oladi. Faylni Excel kabi jadval dasturida ochish mumkin. Boshqa hisobotlar: Hisobotlar.

Kecha kim qancha sotganini qanday ko'raman? Kechani bosing: sotuvchilar kartochkalarida har birining tushumi va to'lov turlari chiqadi.

Bitta mijozning hamma xaridlari kerak. Qidiruvga mijozning ismini yozing yoki mijoz sahifasidagi Xaridlarga qarang.

O'chirib yuborilgan sotuv qayerda? Sotuv o'chirilmaydi, faqat bekor qilinadi. U ro'yxatda Bekor qilingan holatida qoladi.

Kassir sotuvni bekor qila oladimi? Yo'q. Sotuvni faqat egasi va boshqaruvchi bekor qiladi.