Asosiy matnga o'tish

Xarajatlar

Xarajat: do'konni yuritish uchun sarflangan pul. Masalan, ijara, svet, tushlik, yo'l kira, sotuvchining oyligi. Xarajatlar foydadan ayriladi: Bosh panelda Sof foyda = Yalpi foyda − Xarajatlar.

Yangi do'konda xarajat turlari yo'q. Turlar bo'lmasa, xarajat yozib bo'lmaydi. Egasi yoki boshqaruvchi ularni bir marta qo'shadi:

  1. Sozlamalar → Xarajat turlarini oching.

  2. Qo'shishni bosing, Nomi (o'zbekcha) maydoniga nomini yozing (masalan, «Ijara») va Saqlashni bosing. Xodimlar dasturni rus tilida ishlatsa, Nomi (ruscha) maydonini ham to'ldiring.

  3. Kerakli turlarni shu tarzda qo'shing: «Ijara», «Kommunal», «Oylik», «Tushlik», «Yo'l kira», «Boshqa».

Turni o'chirib bo'lmaydi. Kerak bo'lmay qolsa, qalam belgisini bosib oching va Faolni o'chiring: u ro'yxatda qoladi, lekin yangi xarajatda tanlanmaydi.

  1. Xarajatlarni oching (telefonda Yana ichida) va Yangi xarajatni bosing.

  2. Turini tanlang.

  3. Summani yozing, masalan 50 000.

  4. Sana: bugungi sana turadi. Kechagi xarajat bo'lsa, sanani o'zgartiring.

  5. Izohga nima uchun berilganini yozing, masalan «Yuk tashuvchiga».

  6. Kassa hisobi yoqilgan bo'lsa, Kassadan berildi degan qator ham chiqadi. U yoqiq turadi. Pul kassadan berilgan bo'lsa, shundayligicha qoldiring. Kartadan yoki o'z cho'ntagingizdan to'lagan bo'lsangiz, o'chiring.

  7. Saqlashni bosing.

Xarajatlar sahifasi: davr, xarajatlar ro'yxati va Yangi xarajat tugmasi
Xarajatlar

Ro'yxatda sana, turi, izoh, kim yozgani va summa ko'rinadi. Davrni yuqoridan tanlaysiz: Bugun, Hafta, Oy, Yil yoki kalendar belgisi orqali o'zingiz tanlagan sanalar. Sahifa Oy bilan ochiladi. Sahifada yonida shu sahifadagi xarajatlarning jami turadi.

Pul Xarajatmi Qayerga yoziladi
Ijara, svet, tushlik, yo'l kira, oylik Ha Xarajatlar
Egasi kassadan o'ziga oldi Yo'q Kassa hisobi → Pul olish → Egasi oldi
Ta'minotchiga tovar uchun to'lov Yo'q Kassa hisobi → Pul olish → Ta'minotchiga to'lov yoki yetkazib beruvchining sahifasi
Mijozga qaytarilgan pul Yo'q Qaytarish

Tovar uchun to'langan pul xarajat emas: tovar sotilganda uning tannarxi foydadan o'zi ayriladi. Uni xarajatga ham yozsangiz, foyda ikki marta kamayadi.

Amal Kassir Egasi, boshqaruvchi
Xarajat yozish Ha Ha
Xarajatni o'chirish Yo'q Ha
Xarajat turlarini qo'shish Yo'q Ha

Xato yozilgan xarajatni egasi yoki boshqaruvchi ro'yxatdagi axlat qutisi belgisi bilan o'chiradi.

Xarajat turi ro'yxatida hech narsa yo'q. Hali tur qo'shilmagan. Egasi yoki boshqaruvchi uni Sozlamalar → Xarajat turlarida qo'shadi.

Sotuvchiga oylik berdim. Bu xarajatmi? Ha. «Oylik» turi bilan yozing.

Xarajatlarni turlar bo'yicha qayerda ko'raman? Egasi Hisobotlar → Xarajatlarda ko'radi: har bir tur bo'yicha summa va necha marta yozilgani. Batafsil: Hisobotlar.

Kassadan berilgan xarajat kassa hisobida ko'rinmayapti. Xarajat yozilganda Kassadan berildi o'chiq bo'lgan. Egasi yoki boshqaruvchi xarajatni o'chirib, qaytadan yozsin.