Asosiy matnga o'tish

Kiyim do'koni

Kiyim do'konining asosiy savoli: bitta ko'ylak 98, 104, 110 o'lchamlarda va uch rangda keladi, qoldiqni qanday to'g'ri yuritish kerak? Javob: model. Ko'ylakni bir marta yozasiz, o'lcham va ranglarni belgilaysiz, har o'lcham va rang o'z shtrix kodi, narxi va qoldig'i bilan alohida sanaladi.

  1. Sozlamalar → Imkoniyatlar → O'lcham va ranglar → Mahsulotlar o'lcham va rangga bo'linadini yoqing.

  2. O'lcham va ranglarni sozlashni bosing. Tayyor ro'yxatlar bor:

    • Bo'y (sm): 50, 56, 62 ... 98, 104, 110 ... 164 (bolalar kiyimi);
    • Yosh: 0-3 oy ... 13-14 yosh (chaqaloq va bolalar);
    • O'lcham (S-XL): XXS ... 3XL (kattalar);
    • Rang: 15 ta rang.

    Ro'yxatda yo'q o'lcham bo'lsa (masalan kattalar uchun 44, 46, 48), Yangi ro'yxat → nomi O'lcham (44-60), turi O'lcham → qiymatlarni probel bilan ajratib yozing: 44 46 48 50 52 54 → Qo'shish → Saqlash.

  3. Sozlamalar → Imkoniyatlar → Yorliq (narx etiketkasi) imkoniyatini yoqing va yorliq o'lchamini tanlang. Kiyim uchun ko'pincha 40×30 mm yoki 58×40 mm.

  4. Sozlamalar → Bo'limlar: Ko'ylaklar, Shimlar, Futbolkalar, Kurtkalar, Maktab formasi, Aksessuarlar (Bo'limlar).

Misol: bolalar ko'ylagi Ko'ylak Malika, artikul TR-2231, bo'y 98-116, ranglar pushti, binafsha, oq. Narx 145 000 so'm, 110 va 116 o'lcham 155 000 so'm.

  1. Mahsulotlar → Yangi model.

  2. Rasm, Model nomi: Ko'ylak Malika, Bo'lim: Ko'ylaklar, Artikul: TR-2231.

  3. Narx (1 dona): 145 000. Tannarx (1 dona): 85 000.

  4. O'lcham: Bo'y (sm) → 98, 104, 110, 116. Rang: Rang → Pushti, Binafsha, Oq. Pastda Variantlar (12) chiqadi.

  5. O'lcham bo'yicha narx → 110 va 116 → 155 000 → 2 ta o'lchamga qo'yish.

  6. Qaysi juftlik kelmagan bo'lsa (masalan 116 oq), qatordagi × bilan olib tashlang.

  7. Hozir do'konda bor sonni har qatorning qoldiq maydoniga yozing. Yo'q bo'lsa bo'sh qoldiring: tovar kirim bilan keladi.

  8. Shtrix kodsizlarga do'kon kodi berilsin yoqilgan qolsin. Saqlash.

Yangi model sahifasi: model nomi, bo'lim, artikul, narx va tannarx, O'lcham (Bo'y, Yosh, S-XL, Poyabzal) va Rang ro'yxatlari
Yangi model

Saqlangandan keyin har rangga rasm qo'ying (Rang bo'yicha rasmlar): kassada rang tanlanganda o'sha rasm chiqadi. To'liq yo'riqnoma: O'lcham va ranglar.

O'lchami ham, rangi ham yo'q tovarni (kamar, sumka) oddiy mahsulot qilib qo'shing (Mahsulot qo'shish). Faqat rangi bor tovar uchun (sharf: qizil, ko'k, kulrang) model yarating: avval Rang qatorida Yo'qni, keyin O'lcham qatorida Rang ro'yxatini tanlang.

Yetkazib beruvchi odatda seriyalab olib keladi: har rangdan har o'lchamda bittadan.

  1. Tovar kirimi → Yangi kirim → yetkazib beruvchini tanlang.

  2. Qidiruvga Malika yoki TR-2231 yozing va modelni bosing: o'lchamlar jadvali ochiladi.

  3. Har rang ustida +1 seriyani kelgan seriyalar soni qadar bosing. Ortiqcha yoki kam kelganini − / + bilan tuzating.

  4. Narxi (1 dona), hamma o'lchamga: yetkazib beruvchi narxi, masalan 85 000.

  5. N dona qo'shish, keyin Qabul qilish.

Kirimda o'lcham va rang jadvali va +1 seriya tugmalari
Seriyalab kirim

Qabul qilingandan keyin kirim sahifasida Yorliqni bosing: har kelgan donaga bitta yorliq tayyor.

Kassada har model bitta tugma: unda o'lchamlar, narx va hamma o'lchamlarning jami qoldig'i ko'rinadi. Kassir:

  • modelni bosadi → rangni tanlaydi → o'lchamni bosadi. Har o'lcham ostida 3 ta yoki Qolmagan yozilgan: "104 pushti bormi?" savoliga javob omborga bormasdan topiladi;
  • yoki yorliqni skanerlaydi: aynan o'sha o'lcham va rang savatga tushadi, hech narsa tanlanmaydi.

Chekda Ko'ylak Malika (104, Pushti) deb chiqadi.

Kassada o'lcham tanlash

Har donaga yorliq yopishtiring: yorliqda model nomi, qora katakda o'lcham, rang, narx va shtrix kod. Model sahifasidagi Yorliq har o'lcham uchun qoldig'icha yorliq ochadi, kirimdagi Yorliq esa kelgan tovar soni qadar. Batafsil: Yorliqlar.

Mijoz o'lchamni almashtirmoqchi. Eski o'lchamni qaytarish qiling, keyin yangisini soting. Bitta tugma bilan almashtirish hozircha yo'q.

Model qatorida qoldiq 48, lekin 104 pushti yo'q. 48 hamma o'lcham va ranglarning yig'indisi. Har birining qoldig'i model sahifasidagi Qoldiq: o'lcham va rang bo'yicha jadvalida.

Yangi rang keldi. Modelni oching, Rang qatorida yangi rangni bosing (yo'q bo'lsa + Rang), Saqlash. Yangi variantlar boshqa o'lchamlarning tannarxi bilan boshlanadi.

Mavsum oxirida narxni tushiramiz. Model narxini o'zgartiring: o'z narxi yo'q barcha o'lchamlar shu narxga o'tadi. Keyin yorliqlarni qayta chop eting.

Qaysi o'lcham ko'p sotiladi? Har o'lcham alohida mahsulot, shuning uchun hisobotlarda har biri o'z qatori bilan chiqadi. O'lchamlar bo'yicha yig'ma hisobot hozircha yo'q.

Excel'dan o'lcham va ranglar bilan yuklasa bo'ladimi? Hozircha yo'q: CSV import oddiy mahsulotlar uchun. Modellarni dasturda yarating.