Asosiy matnga o'tish

Bo'limlar

Bo'lim mahsulotlar guruhi: Ichimliklar, Non, Kiyim, Elektr, Bo'yoqlar. Bo'limlar kassada tugma bo'lib turadi: kassir Ichimliklarni bossa, faqat ichimliklar qoladi. Hisobotlarda va inventarizatsiyada ham bo'lim bo'yicha ajratish mumkin.

Bo'limlarni egasi va boshqaruvchi qo'shadi.

  1. Sozlamalar → Bo'limlar → Qo'shish.

  2. Nomi (o'zbekcha): Ichimliklar. Rus tilida ishlaydigan xodim bo'lsa, Nomi (ruscha): Напитки.

  3. Rang: kassadagi bo'lim tugmasida shu rangli nuqta turadi. Rang kassirga bo'limni tez topishga yordam beradi.

  4. Tartib: kichik son oldin turadi. Eng ko'p sotiladigan bo'limga 10, kamroq sotiladiganga 50 bering.

  5. Saqlash.

Sozlamalar: bo'limlar ro'yxati, rangi va mahsulotlar soni
Sozlamalar → Bo'limlar

Mahsulotni bo'limga qo'shish: mahsulot sahifasida Bo'limni tanlang. CSV fayl bilan yuklaganda yo'q bo'lim o'zi yaratiladi.

Kassa tepasida Hammasi va bo'limlar turadi. Faqat ichida mahsuloti bor bo'limlar ko'rinadi. Qidiruvga so'z yozilsa, barcha bo'limlardan qidiriladi.

Bo'limga Ota bo'lim tanlash mumkin: masalan Gazli suvlarning ota bo'limi Ichimliklar. Faqat bir daraja: ichki bo'limning o'z ichki bo'limi bo'lmaydi.

Kassada har bo'lim alohida tugma va unda faqat o'ziga biriktirilgan mahsulotlar ko'rinadi. Kichik do'konga 5-15 ta oddiy bo'lim odatda yetadi.

Bo'limni o'chirib bo'lmaydi: uni tahrirlang va Faolni o'chiring. U kassadagi tugmalardan yo'qoladi va mahsulot sahifasida tanlanmaydi, eski hisobotlar buzilmaydi. Undagi mahsulotlar sotilishda davom etadi: kassada qidiruv va skaner ularni topadi. Ularni boshqa bo'limga o'tkazib qo'ying.

Do'kon Bo'limlar
Kiyim Ko'ylaklar, Shimlar, Futbolkalar, Kurtkalar, Maktab formasi, Aksessuarlar
Poyabzal Erkaklar, Ayollar, Bolalar, Sport, Tapochka, Poyabzal parvarishi
Atir-kosmetika Ayollar atiri, Erkaklar atiri, Razliv, Yuz parvarishi, Soch, Makiyaj
Xo'jalik mollari Elektr, Santexnika, Bo'yoqlar, Mix va vintlar, Asboblar, Maishiy kimyo
Oziq-ovqat Non, Sut mahsulotlari, Ichimliklar, Yormalar, Shirinliklar, Tortib sotiladigan

Bitta mahsulot ikki bo'limda bo'ladimi? Yo'q, har mahsulotning bitta bo'limi bor. Kassada qidiruv bilan istalgan mahsulot topiladi.

Bo'lim kassada ko'rinmayapti. Unda hali mahsulot yo'q yoki bo'lim Faol emas.

Kassir bo'lim qo'sha oladimi? Yo'q, bo'limlarni egasi va boshqaruvchi boshqaradi. Kassir mahsulot qo'shganda bor bo'limdan tanlaydi.