Dollar kursi
Dollar bilan ishlaydigan do'kon har kuni o'z kursini kiritadi. Bu Markaziy bank kursi emas: do'kon bugun qaysi kursda ishlayotgan bo'lsa, o'sha kurs yoziladi.
Avval dollarni yoqing: Sozlamalar → Imkoniyatlar → Dollar bilan savdo (Imkoniyatlar).
Kursni do'kon egasi yoki boshqaruvchi kiritadi. Kassir kursni ko'radi, lekin o'zgartira olmaydi.
Kursni kiritish
Kursni kiritish bo'limiga havola-
Kurs tugmasini bosing. U uch joyda bor:
- Bosh panel tepasida (masalan
1$ = 12 850); - Kassa tepasida (telefonda faqat $ belgisi ko'rinadi);
- Sozlamalar → Imkoniyatlar → Dollar (USD) blokida: Kursni kiritish tugmasi.
- Bosh panel tepasida (masalan
-
Dollar kursi oynasida 1 dollar uchun so'm maydoniga bugungi kursni yozing, masalan
12 850.Maydon ostida Markaziy bank kursi ko'rinadi. Shu kursni olmoqchi bo'lsangiz, Shuni olishni bosing.
-
Saqlashni bosing.
Saqlagandan keyin "Kurs saqlandi. 12 ta mahsulot narxi yangilandi." kabi xabar chiqadi: shuncha mahsulotning so'mdagi narxi yangi kursga o'tdi.
Oynaning pastida Oxirgi kurslar ro'yxati bor: kurs qachon, kim tomonidan va qancha qilib kiritilgani.
Kurs o'zgarganda nima bo'ladi
Kurs o'zgarganda nima bo'ladi bo'limiga havola- Narxi dollarda yozilgan mahsulotlar so'mda o'zi qayta hisoblanadi: sotuv narxi, ulgurji narx va tannarx.
- Sotuv va ulgurji narx do'kon tanlagan qadamga yaxlitlanadi: 1, 100, 500 yoki 1 000 so'm (Dollar narxlarini yaxlitlash). Qoldiq qadamning yarmiga teng yoki undan ko'p bo'lsa, yuqoriga yaxlitlanadi. Tannarx yaxlitlanmaydi, so'mgacha aniq qoladi.
- Narxi so'mda yozilgan mahsulotlar o'zgarmaydi.
- Eski sotuvlar o'zgarmaydi: har bir sotuv o'sha paytdagi kursni eslab qoladi.
- Qarzlar va qaytarishlar so'mda qoladi.
Misol. Atir narxi $25 deb yozilgan, yaxlitlash 1 000 so'mgacha. Kurs 12 850 bo'lsa: 25 × 12 850 = 321 250 → 321 000 so'm. Ertasi kuni kurs 12 700 bo'lsa: 25 × 12 700 = 317 500 → 318 000 so'm.
Kassada dollar bilan to'lov
Kassada dollar bilan to'lov bo'limiga havola- To'lov oynasida Dollarni tanlang va mijoz bergan dollarni yozing (Mijoz berdi (dollar)). Qaytim so'mda beriladi.
- Dollar yetmasa, qolganini so'mda naqd olasiz: oynada Qolganini so'mda naqd oling va summa chiqadi.
- Kurs hali bir marta ham kiritilmagan bo'lsa, kassa "Dollar kursi kiritilmagan: dollar bilan to'lov o'chiq." deb yozadi.
- Kurs bugun kiritilmagan bo'lsa, dollar bilan to'lash mumkin, lekin "Kurs bugun yangilanmagan" degan ogohlantirish chiqadi.
- To'lov paytida kurs boshqa qurilmada o'zgartirilsa, sotuv o'tmaydi. Kassa yangi kursni oladi: kassir summani tekshirib, qayta tasdiqlaydi.
Batafsil: To'lov.
Chekda dollar
Chekda dollar bo'limiga havolaChekda jami summani dollarda ham ko'rsatish mumkin: Sozlamalar → Chek → Jami summani dollarda ham ko'rsatish. Mijoz dollarda to'lagan bo'lsa, bu to'lov chekda har doim chiqadi. Batafsil: Chek.
Savollar
Savollar bo'limiga havolaMarkaziy bank kursini avtomatik olsa bo'lmaydimi? Yo'q, kursni do'kon o'zi kiritadi: bozordagi kurs ko'pincha boshqacha bo'ladi. Markaziy bank kursi faqat yonida ko'rsatib turiladi, uni bitta tugma bilan olishingiz mumkin.
Kunda ikki marta kurs o'zgarsa-chi? Yangi kursni yana kiriting. Har bir kurs tarixda saqlanadi, dollardagi narxlar oxirgi kursga o'tadi.
Mahsulot narxini dollarda qanday yozaman? Mahsulot kartochkasida narx yonidagi so'm / $ tugmasini $ ga o'tkazing. Batafsil: Narxlar.
Kassir kurs kirita oladimi? Yo'q. Kassada kurs ko'rinadi, lekin uni faqat egasi va boshqaruvchi o'zgartiradi.