Asosiy matnga o'tish

Oziq-ovqat va minimarket

Minimarketda tovarning ko'pi zavod kodli: skanerlanadi va sotiladi. Qolgani tortib sotiladi (guruch, shakar, konfet, meva, kolbasa), ba'zisi blok va qutida keladi. Kassa tez ishlashi kerak: navbat kutmaydi.

  1. USB skaner ulang (Skaner). Kassada qidiruv bo'sh turganda skanerlansa, tovar darhol savatga tushadi.

  2. Bo'limlar: Non, Sut mahsulotlari, Ichimliklar, Yormalar, Shirinliklar, Tortib sotiladigan, Maishiy kimyo.

  3. Yorliq chiqaradigan tarozingiz bo'lsa, uni og'irlikli shtrix kod formatiga sozlang (Tarozi).

  4. Javonga narx yorlig'i kerak bo'lsa, Imkoniyatlarda Yorliq (narx etiketkasi) imkoniyatini yoqing.

  5. Ko'p sotiladigan tovarlarga Minimal qoldiq yozing: tugashidan oldin Kam qolgan ro'yxatida ko'rasiz.

Internet uzilsa ham kassa sotishda davom etadi: Internetsiz ishlash.

Tovar Birlik Qadoq Kassada
Coca-Cola 1.5 l dona Quti, ichida 6 Skanerlanadi
Non dona — Tugma bilan
Tuxum dona Lotok, ichida 30 Dona yoki lotok
Sigaret pachka Blok, ichida 10 Pachka yoki blok kodi
Guruch, shakar (tortib) kg Qop, ichida 50 kg Og'irlik yoziladi
Kolbasa, pishloq (tarozi yorlig'i bilan) kg — Tarozi yorlig'i skanerlanadi
Kungaboqar yog'i (quyib) litr — Litr yoziladi

Mahsulotlar sahifasida tovarni skanerlang: do'konda yo'q kod uchun Yangi mahsulot o'zi ochiladi, kod yozilgan bo'ladi. Nomi, narxi, bo'limini yozib Saqlash: ro'yxatga qaytasiz, keyingisini skanerlang. Kassada ham noma'lum kod skanerlansa, mahsulot qo'sha oladigan xodimga yangi mahsulot sahifasi ochiladi.

Yuzlab tovarni Excel'dan yuklash uchun: CSV fayl.

Oddiy tarozi bilan. Mahsulot birligi kg, narx 1 kg uchun. Kassada mahsulot bosilsa, miqdor oynasi ochiladi: tarozidagi og'irlikni yozing (1.35) yoki 0.25, 0.5, 1, 1.5, 2 tugmasini bosing. "5 000 so'mlik konfet" uchun Summa (so'm) tugmasini tanlang.

Pulga qarab sotish

Yorliq chiqaradigan tarozi bilan. Tarozida tovarga raqam bering (masalan kolbasa = 42), bizning dasturda mahsulotning Tarozi PLU kodiga 42 yozing. Sotuvchi kolbasani tortadi, tarozi yorliq chiqaradi, kassir yorliqni skanerlaydi: Kolbasa Doktorskaya, 0.650 kg savatga tushadi. Narx bizning dasturdagi narxdan olinadi.

Mahsulot sahifasi: tarozi PLU kodi
Tarozi PLU kodi

To'liq yo'riqnoma: Tarozi.

Sigaret pachkada sotiladi, blokda ham. Bitta mahsulot, birligi pachka, qadog'i Blok, ichida 10, blokning kodi bilan. Pachkaning kodi 1 pachka, blokning kodi 1 blok (10 pachka) qo'shadi. Qoldiq pachkada. Ichimlik qutisi, tuxum lotogi ham shunday (Quti va dona).

  1. Tovar kirimi → Yangi kirim → yetkazib beruvchi.

  2. Tovarlarni skanerlang va har qatorga Miqdorni yozing; keyingi tovarni skanerlashdan oldin sahifaning bo'sh joyiga bosing (Tovar kirimi). Qutida kelganini Nimada sanaysizda Quti qilib sanang: Coca-Cola 10 quti = 60 dona.

  3. Narxlarni nakladnoy bilan tekshiring va Qabul qilish.

Narxi o'zgargan tovarlar uchun javon yorlig'ini yangilang (Yorliqlar).

  • Mahsulotlar → Kam qolgan: buyurtma berish kerak bo'lganlar. Bosh panelda Tugab qolayotganlar.
  • Muddati o'tgan yoki buzilgan tovarni Omborda Hisobdan chiqarish bilan ayiring (Qoldiq).
  • Oyiga bir marta bitta-bitta bo'lim bo'yicha Inventarizatsiya qiling, do'kon yopiq paytda (Inventarizatsiya).

Kassa barcha mahsulotlarni tugmada ko'rsatmayapti. Kassa tugmalarida Hammasi yoki bitta bo'limda ko'pi bilan 120 ta mahsulot ko'rinadi. Skaner va qidiruv har qanday mahsulotni topadi. Tugma bilan sotiladigan tovarlarni (non, tortiladigan) alohida bo'limga qo'ying.

Yaroqlilik muddatini kuzatsa bo'ladimi? Dastur yaroqlilik muddatini yuritmaydi. Muddati o'tgan tovarni Hisobdan chiqarish bilan ayiring.

Kodi yo'q tovar (bozor mahsuloti, o'zimiz qadoqlagan). Mahsulot sahifasida Yaratish bilan do'kon kodini bering va yorliq yopishtiring (Shtrix kod).

Tarozi yorlig'idagi narx chekdagidan farq qiladi. Kassa narxni bizning dasturdan oladi. Tarozidagi narxni ham bir xil qiling.

Kirim yozilmagan tovarni sotib bo'lmayapti. Odatda qoldiqda yo'q tovar sotilmaydi. Avval kirimni yozing yoki Sozlamalar → Do'konda Qoldiq yetmasa ham sotishga ruxsat berishni yoqing (Qoldiq).