Asosiy matnga o'tish

Atir va parfyumeriya

Atir do'konida bir tovar har xil sotiladi: kimdir 5 gramm quydirib oladi, kimdir 100 gramm, kimdir butun flakonni. Dastur buni bitta mahsulot bilan yuritadi: qoldiq grammda (yoki ml da), flakon esa "250 gramm birdaniga".

Qanday sotasiz Mahsulot qanday bo'ladi
Quyib, tarozida tortib (moyli atir) Birlik gramm, qadoqlar: 100 g, Butun flakon
Quyib, shprits yoki o'lchov idishida Birlik ml, qadoqlar: 100 ml, Butun flakon
Yopiq flakon, zavod kodi bilan (Atir 100 ml) Birlik dona
Bir atirning 30, 50, 100 ml flakonlari Har hajm alohida dona mahsulot yoki Hajm ro'yxatli model
Bo'sh flakon, atomayzer, qadoq Birlik dona, alohida mahsulot

Gramm va ml bir-biriga aylanmaydi: qanday o'lchasangiz, shuni tanlang.

  • Bo'limlar: Ayollar atiri, Erkaklar atiri, Razliv, Flakonlar (Bo'limlar).
  • Atirni dollarda olsangiz, Dollar (USD) imkoniyatini yoqing (Kosmetika do'koni sahifasida batafsil).
  • Yorliq kerak bo'lsa, Yorliq (narx etiketkasi) imkoniyatini yoqing.
  • Bir atirning har xil hajmlarini model qilib yuritmoqchi bo'lsangiz: O'lcham va ranglarni yoqing va Sozlamalar → O'lcham va ranglar → Yangi ro'yxat: nomi Hajm, turi Boshqa (hajm, material...), qiymatlar 30ml 50ml 100ml (O'lcham va ranglar).

Misol: Oud Royal (razliv). 1 gramm 3 500 so'm, tannarxi 2 000 so'm. 100 gramm birdaniga olsa 320 000 so'm. Flakonda 250 gramm, butun flakon 800 000 so'm.

  1. Mahsulotlar → Yangi mahsulot. Nomi: Oud Royal (razliv).

  2. O'lchov birligi: gramm. (Quyib o'lchasangiz ml.) Narx maydonlari (1 gramm) bo'ladi.

  3. Tannarx (1 gramm): 2 000. Sotuv narxi (1 gramm): 3 500.

  4. Quti va pachkalar → Qutini bosing. Nomi: 100 g, Ichida (gramm): 100, Quti narxi: 320 000. Narxni bo'sh qoldirsangiz, 100 × 3 500 = 350 000 so'm bo'ladi.

  5. Yana qo'shish: Nomi: Butun flakon, Ichida (gramm): 250, Quti narxi: 800 000. Qutining shtrix kodi: flakondagi kodni skanerlang. Kirimda shu bilan sanayman tugmasini yoqing.

  6. Hozirgi qoldiq (gramm): do'kondagi grammni yozing. 3 ta to'la flakon bo'lsa: 750.

  7. Saqlash.

Grammda sotiladigan atirning Quti va pachkalar bo'limi: 100 g va Butun flakon (250 g, o'z shtrix kodi bilan)
Grammda sotiladigan atir

Har atirning flakoni har xil bo'lsa, muammo yo'q: har mahsulotning Butun flakon qadog'iga o'z grammini yozasiz (birida 250, boshqasida 500).

Flakonda "100 ml" yozilgan, siz esa grammda sotsangiz, qadoqqa flakondagi grammni yozing. Bilmasangiz, to'la va bo'sh flakonni tortib farqini oling.

  • Mahsulot tugmasini bosing: miqdor oynasi ochiladi. Grammni yozing yoki tayyor tugmani bosing: 3, 5, 10, 20, 50, 100. Pastda 10 × 3 500 so'm = 35 000 so'm kabi hisob chiqadi.
  • Mijoz "50 000 so'mlik quying" desa, Summa (so'm) tugmasini tanlang va 50 000 yozing: dastur qancha quyish kerakligini ko'rsatadi (Torting: 14.286 g), savatdagi qator esa aynan 50 000 so'm bo'ladi.
  • Tugma ostidagi 100 g · 100 yoki Butun flakon · 250 tugmasini bossangiz, butun qadoq o'z narxida qo'shiladi. Flakondagi kodni skanerlash ham butun flakon qo'shadi.
Kassada grammda sotish

Butun flakon sotilsa qoldiqdan 250 gramm, 10 gramm quyilsa 10 gramm ayriladi. Qoldiq doim grammda: Qoldiq: 740 gramm.

Bo'sh flakonni (atomayzer) alohida dona mahsulot qiling: kassir atir bilan birga savatga qo'shadi va flakonlar qoldig'i ham to'g'ri qoladi.

Zavod qadog'idagi atir oddiy dona mahsulot: nomi Atir 100 ml, flakon kodi bilan. Kassada skanerlanadi, kirim donada.

Bir atirning 30, 50 va 100 ml flakonlari bo'lsa, ikki yo'l bor:

  • har hajmni alohida mahsulot qilish (har birida o'z zavod kodi): bu oddiyroq;
  • model qilish: Rang qatorida Yo'qni, O'lcham qatorida Hajm ro'yxatini tanlab, 30ml, 50ml, 100ml ni belgilaysiz. Kassada atir bitta tugma bo'ladi va hajm so'raladi, flakon kodi skanerlansa aynan o'sha hajm qo'shiladi. Har hajmning narxi O'lcham bo'yicha narx bilan qo'yiladi.
  1. Tovar kirimi → Yangi kirim → yetkazib beruvchi.

  2. Atirni qo'shing (yoki flakonni skanerlang). Nimada sanaysizda Butun flakon (250 gramm) turadi.

  3. Miqdor: 4 flakon. Ostida = 1 000 gramm chiqadi. Narxi (1 Butun flakon): yetkazib beruvchining flakon narxi.

  4. Qabul qilish. Qoldiqqa 1 000 gramm qo'shiladi, tannarx 1 gramm uchun hisoblanadi.

Quyib sotiladigan atir yorlig'ida narx 1 gramm uchun chiqadi: 3 500 so'm / gramm. Yopiq flakon yorlig'ida flakon narxi. Batafsil: Yorliqlar.

Gramm yoki ml? Tarozida tortsangiz gramm, shprits yoki o'lchov idishi bilan quysangiz ml. Mahsulotda qoldiq yoki sotuv paydo bo'lgandan keyin birlikni o'zgartirib bo'lmaydi, shuning uchun boshidan to'g'ri tanlang.

Yarim gramm sotsa bo'ladimi? Ha, kasr 3 xonagacha: 0.5 gramm.

100 gramm olganga arzonroq beramiz. 100 g qadog'iga o'z narxini yozing. Kassada 100 g tugmasi shu narxda qo'shadi.

Tester, to'kilgan atir. Qoldiqni Hisobdan chiqarish bilan kamaytiring va izohga sababini yozing (Qoldiq).

Inventarizatsiyada atirni qanday sanaymiz? Flakonlarni tortib, qolgan grammni Sanaldi ustuniga yozing (Inventarizatsiya).