Yetkazib beruvchilar
Yetkazib beruvchilar sahifasida tovar olinadigan firma va odamlar turadi. Oddiy holda bu shunchaki ro'yxat: kirimda kimdan kelganini tanlaysiz. Ikki imkoniyat yoqilsa, ko'proq ishlaydi:
- Yetkazib beruvchi chegirmasi: yetkazib beruvchi doim beradigan chegirma (masalan 10%) kirimda o'zi ayriladi va tannarxga to'g'ri yoziladi;
- Yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob: har kirim unga qarz bo'lib yoziladi, to'lovlar uni kamaytiradi.
Ikkalasi ham Sozlamalar → Imkoniyatlarda yoqiladi. Yetkazib beruvchilar bilan egasi va boshqaruvchi ishlaydi.
Yetkazib beruvchi qo'shish
Yetkazib beruvchi qo'shish bo'limiga havola-
Menyuda Yetkazib beruvchilar → Yangi yetkazib beruvchi. (Kirim yozayotganda yetkazib beruvchi yonidagi + ham shu.)
-
Nomi:
Elektr ulgurji. Telefon. -
Chegirma (chegirma imkoniyati yoqilgan bo'lsa): shu yetkazib beruvchi doim beradigan foiz, masalan
10. -
Izoh: manzil, menejer ismi.
-
Qarz va to'lovlarni yuritish (hisob-kitob yoqilgan bo'lsa): haqiqiy sotuvchi uchun yoqilgan qolsin.
-
Saqlash.
Ro'yxatda Faol, Qarzimiz bor (hisob-kitob yoqilgan bo'lsa) va Hammasi tugmalari bor. Mahsulotlar ustunidagi son shu yetkazib beruvchining mahsulotlarini ochadi.
Endi ishlamaydigan yetkazib beruvchini tahrirlab Faolni o'chiring: kirimda tanlanmaydi, tarixi qoladi.
Mahsulotga biriktirish
Mahsulotga biriktirish bo'limiga havolaMahsulotning "odatdagi" yetkazib beruvchisi chegirma va qarz uchun kerak. Mahsulot sahifasida Yetkazib beruvchi maydoni (faqat yuqoridagi imkoniyatlardan biri yoqilganda chiqadi): Odatda kimdan olinadi.
Ko'p mahsulotga birdan:
-
Mahsulotlar ro'yxatida mahsulotlarni belgilang (masalan qidiruvda
rozetkadeb). -
Yetkazib beruvchi (N) tugmasini bosing, yetkazib beruvchini (va kerak bo'lsa guruhini) tanlang.
-
Saqlash.
Yoki yetkazib beruvchini oching va Tahrirlashni bosing: undan kirim qilingan, lekin hali biriktirilmagan mahsulotlar bo'lsa, Bu yetkazib beruvchidan kelgan N ta mahsulot hali unga biriktirilmagan deb yoziladi. Biriktirishni bossangiz, hammasi biriktiriladi.
Chegirmalar
Chegirmalar bo'limiga havolaXo'jalik mollari va qurilish do'konlarida yetkazib beruvchi odatda prays narxidan doimiy chegirma beradi: "prays narx 10 000, sizga 10% chegirma". Dastur buni hisobga oladi, siz esa prays narxini yozaverasiz.
Sozlash
Sozlash bo'limiga havola-
Sozlamalar → Imkoniyatlar → Yetkazib beruvchi chegirmasi → Yetkazib beruvchilarga umumiy chegirmani yoqing.
-
Yetkazib beruvchini tahrirlang va Chegirma:
10yozing. -
Mahsulotlarni unga biriktiring (yuqorida).
Mahsulot sahifasida
Mahsulot sahifasida bo'limiga havolaYetkazib beruvchi tanlangan mahsulotda tannarx maydoni Kelish narxi, chegirmasiz (1 dona) bo'ladi. Prays narxini yozing: 10 000. Ostida haqiqiy tannarx chiqadi: Tannarx: 9 000 so'm (−10%). Ustama va foyda 9 000 dan hisoblanadi.
Kirimda
Kirimda bo'limiga havolaShu yetkazib beruvchidan kirimda tepadagi Chegirmaga 10% o'zi yoziladi va har qatordan ayriladi. Siz nakladnoydagi prays narxini yozasiz, jamida Chegirmasiz, Chegirma 10% va Jami chiqadi. Bu safar boshqa chegirma bersa, tepadagi foizni o'zgartiring: barcha qatorlarga qo'llanadi. Bitta qatorni alohida ham o'zgartirish mumkin.
Chegirma hech qachon ikki marta ayrilmaydi: chegirmali kirimdan kelgan tannarxda chegirma allaqachon bor, dastur buni eslab qoladi.
Chegirma guruhlari
Chegirma guruhlari bo'limiga havolaBa'zan bitta yetkazib beruvchi har xil tovarga har xil chegirma beradi: rozetkalarga 15%, kabelga 5%. Buning uchun chegirma guruhlari bor.
-
Yetkazib beruvchi sahifasini oching. Chegirma guruhlari bo'limida Yangi guruhni bosing.
-
Nomi:
Rozetkalar, Chegirma:15. Saqlash. -
Mahsulotni guruhga qo'shing: mahsulot sahifasida yetkazib beruvchi ostidagi tanlovdan guruhni tanlang yoki ro'yxatda bir nechtasini belgilab Yetkazib beruvchi (N) tugmasi orqali guruhni tanlang.
Guruhga kirmagan mahsulotlar Asosiy chegirmani oladi. Ichida mahsulot bor guruhni o'chirib bo'lmaydi: avval mahsulotlarni boshqa guruhga o'tkazing.
Chegirma o'zgarsa
Chegirma o'zgarsa bo'limiga havolaMahsulotlari bor yetkazib beruvchi (yoki guruh) chegirmasini o'zgartirsangiz, dastur so'raydi: Tannarxlar nima bo'ladi?
- Tannarxlarni qayta hisoblash: biriktirilgan mahsulotlar tannarxi yangi chegirma bilan qayta hisoblanadi. Oynada ikkita mahsulot misolida eski va yangi tannarx ko'rsatiladi.
- Faqat keyingi kirimlarga: hozirgi tannarxlar o'zgarmaydi, yangi chegirma keyingi kirimlardan qo'llanadi.
Mahsulotlarni ro'yxatdan birdan biriktirganda Tannarxdan chegirmani ayirish tanlovi chiqadi: qo'lda yozilgan tannarxlardan yangi chegirma ayiriladi, kirimdan chegirma bilan kelganlariga qayta qo'llanmaydi.
Qarz va to'lovlar
Qarz va to'lovlar bo'limiga havolaSozlash
Sozlash bo'limiga havola-
Sozlamalar → Imkoniyatlar → Yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob → Yetkazib beruvchilarga qarzni yuritishni yoqing.
-
Hozirgi qarzlarni kiriting. Yoqilgunga qadar bo'lgan kirimlar qarz hisoblanmaydi. Har yetkazib beruvchi sahifasida Tuzatish → Qarzimiz ko'paydi → summa, izoh Boshlang'ich qarz → Saqlash.
-
Haqiqiy sotuvchi bo'lmagan yozuvlar uchun (masalan Boshlang'ich qoldiq deb ochilgan "yetkazib beruvchi") Qarz va to'lovlarni yuritishni o'chiring: undan kelgan kirimlar qarz bo'lmaydi.
Har kuni
Har kuni bo'limiga havola- Kirim qabul qilinganda u yetkazib beruvchiga qarz bo'ladi. Qabul qilish oynasida Qarzga, To'liq to'landi yoki Qisman tugmasini tanlaysiz (Tovar kirimi).
- Keyin pul bersangiz: yetkazib beruvchi sahifasida To'lov qilish. Summa, Naqd / Karta / O'tkazma, sana va izoh. Kassa nazorati yoqilgan bo'lsa va pul kassadan berilsa, Kassadan berildi yoqilgan qolsin.
- Kirim sahifasidan ham to'lash mumkin: u holda to'lov aynan shu kirimga yoziladi. Aks holda to'lov eng eski qarzlarni yopadi.
- Qarzdan ko'p to'lasangiz, ortig'i avans bo'lib qoladi va keyingi kirimlarga hisoblanadi.
Har kirim yonida holati turadi: To'langan, Qisman to'langan yoki Qarz, va qancha qolgani.
Dollarda qarz
Dollarda qarz bo'limiga havolaDollarda qabul qilingan kirimning qarzi dollarda yuritiladi (Dollar qarz), so'mdagisi alohida (So'm qarz). To'lov oynasida Qaysi qarz va Nimada to'landi tanlanadi: dollar qarzni so'mda to'lasangiz, Kurs (1$) maydonini yozasiz va qancha qarz yopilishi ko'rsatiladi.
Yetkazib beruvchi sahifasi
Yetkazib beruvchi sahifasi bo'limiga havola- Davr tanlanadi (bugun, hafta, oy...). Plitkalarda Qarzimiz, Xarid qilingan, To'langan va Kirimlar soni.
- Hisob-kitob: har kirim, to'lov va tuzatish, har biridan keyingi qoldiq bilan.
- Kirimlar: shu yetkazib beruvchidan barcha kirimlar va ularning to'lov holati.
- Yuqorida Tahrirlash, Yangi kirim va To'lov qilish tugmalari.
Yetkazib beruvchilar ro'yxati tepasida jami qarz turadi: Yetkazib beruvchilarga qarzimiz va nechta yetkazib beruvchiga.
Savollar
Savollar bo'limiga havolaKirim summasi nakladnoydan 10% kam chiqyapti.
Yetkazib beruvchida chegirma yozilgan va u har qatordan ayrilyapti. Bu safar chegirma bo'lmasa, kirim tepasidagi Chegirmani 0 qiling.
Tannarx qo'lda yozganimdan kam chiqyapti. Mahsulotga chegirmali yetkazib beruvchi biriktirilgan: siz yozgan narx "chegirmasiz kelish narxi", tannarx undan chegirma ayirib hisoblanadi. Ostidagi Tannarx: ... yozuviga qarang.
Xato to'lov yozdim. Yetkazib beruvchi sahifasidagi Hisob-kitobda to'lov qatoridagi o'chirish belgisini bosing va O'chirishni tasdiqlang. Keyin to'g'risini yozing. Kirimni hisobdan o'chirib bo'lmaydi.
Kassir yetkazib beruvchilarni ko'radimi? Yo'q. Kassir kirim qilganda faqat yetkazib beruvchini tanlaydi. Chegirma, qarz va to'lovlarni egasi va boshqaruvchi ko'radi.
Yetkazib beruvchiga to'lov xarajatmi? Yo'q. Tovar uchun to'lov xarajat emas: tovar tannarxi u sotilganda foydadan ayiriladi.