Qoldiq
Dastur har mahsulotning qoldig'ini o'zi yuritadi: sotilsa kamayadi, kelsa ko'payadi. Qoldiqni qo'lda yozish kerak emas, faqat xato yoki yo'qotish bo'lsa tuzatiladi.
Qoldiq qayerdan o'zgaradi
Qoldiq qayerdan o'zgaradi bo'limiga havola| Sabab | Qoldiq | Qayerdan |
|---|---|---|
| Kirim | + | Tovar kirimi; yetkazib beruvchi tanlangan yangi mahsulotdagi Hozirgi qoldiq |
| Sotuv | − | Kassa |
| Qaytarish | + | Mijoz tovarni qaytarganda (Qaytarish) |
| Tuzatish | + yoki − | Qoldiqni tuzatish (pastda); yetkazib beruvchisiz yangi mahsulotdagi Hozirgi qoldiq; CSV import |
| Hisobdan chiqarish | − | Singan, muddati o'tgan, yo'qolgan tovar |
| Inventarizatsiya | + yoki − | Sanab tasdiqlanganda (Inventarizatsiya) |
Har o'zgarish kim qilgani va vaqti bilan yoziladi.
Ombor sahifasi
Ombor sahifasi bo'limiga havolaMenyuda Ombor. Uni egasi va boshqaruvchi ko'radi.
- Tepada: Tannarx bo'yicha qiymati (tovaringiz necha pul turadi), Sotuv narxida qiymati (hammasi sotilsa qancha tushadi) va Mavjud mahsulotlar soni.
- Hammasi / Kam qolganlar: kam qolganlar faqat Minimal qoldiq yozilgan mahsulotlardan chiqadi.
- Qizil qoldiq: qolmagan yoki minusda. Sariq: minimal qoldiqqa yetgan.
- Mahsulot nomini bossangiz, uning sahifasi ochiladi.
Arxivdagi va qoldig'i hisoblanmaydigan mahsulotlar bu yerda ko'rinmaydi. Yangi mahsulot bu ro'yxatga birinchi kirimi (yoki boshqa harakati) bo'lgandan keyin tushadi.
Minimal qoldiq
Minimal qoldiq bo'limiga havolaMahsulotda Qo'shimcha sozlamalar → Minimal qoldiqqa son yozing: masalan 5. Qoldiq 5 ga tushsa, mahsulot Kam qolgan ro'yxatiga, bosh paneldagi Tugab qolayotganlarga tushadi. Modelda bu son har o'lcham va rangga alohida qo'llanadi.
Qoldiqni tuzatish
Qoldiqni tuzatish bo'limiga havolaTovar singan, yo'qolgan yoki qoldiq xato kiritilgan bo'lsa:
-
Omborda mahsulot qatoridagi sozlash belgisini bosing.
-
Sababni tanlang:
- Hisobdan chiqarish: tovar yo'q bo'ldi (singan, muddati o'tgan, buzilgan). Faqat kamaytiradi.
- Tuzatish: qoldiq xato edi. Kamaytirish yoki Ko'paytirishni tanlang.
-
Qancha (dona): nechta ayirish yoki qo'shish kerak. Pastda Keyin qoladi: 18 dona ko'rinadi.
-
Izoh: sababini yozing, masalan "2 ta shisha singan". Keyin tarixda ko'rinadi.
-
Saqlash.
Qoldiqni tuzatish egasi va boshqaruvchiga ruxsat etilgan. Ko'p mahsulotni birdan tekshirish uchun inventarizatsiya qulayroq.
Harakatlar tarixi
Harakatlar tarixi bo'limiga havolaMahsulot sahifasida Harakatlar tarixini bosing. Har qatorda: vaqt, sabab (Kirim, Sotuv, Qaytarish, Tuzatish, Inventarizatsiya, Hisobdan chiqarish), miqdor (+ yashil, − qizil), shundan keyingi qoldiq va kim qilgani.
Model sahifasida har o'lcham va rangning qoldiq sonini bossangiz, o'sha variantning tarixi ochiladi.
Qoldiq yetmasa sotish
Qoldiq yetmasa sotish bo'limiga havolaOdatda omborda yo'q tovarni sotib bo'lmaydi: sotuv qabul qilinmaydi va qaysi tovar yetmayotgani aytiladi. Tovar kelgan, lekin kirimi hali yozilmagan bo'lsa, bu xalaqit beradi. Sozlamalar → Do'kon → Qoidalarda Qoldiq yetmasa ham sotishga ruxsat berishni yoqsangiz, sotuv o'tadi va qoldiq minusga tushadi. Kirim yozilganda qoldiq to'g'rilanadi.
Qoldig'i umuman hisoblanmaydigan narsalar (xizmatlar, yetkazib berish) uchun mahsulotda Qoldiqni hisoblashni o'chiring.
Savollar
Savollar bo'limiga havolaQoldiq minusda turibdi. Tovar kirimi yozilmasdan sotilgan. Kirimni yozing yoki qoldiqni sanab Tuzatish qiling.
Qoldiqni qutida ko'rsa bo'ladimi? Yo'q, qoldiq doim mahsulot birligida: dona, kg, metr (Quti va dona).
Kassir qoldiqni ko'radimi? Kassir Ombor sahifasini ko'rmaydi, lekin kassada har mahsulot tugmasida qoldiq yozilgan.
Hisobdan chiqarish foydaga ta'sir qiladimi? Hisobdan chiqarilgan tovar qoldiqdan va ombor qiymatidan ayriladi. Hisobotdagi foyda esa sotuvlardan hisoblanadi, shuning uchun hisobdan chiqarish uni o'zgartirmaydi. Yo'qotishlarni mahsulotning Harakatlar tarixida ko'rasiz.