Dasturdagi asosiy so'zlar. O'zbekcha va Ruscha ustunlarida so'z dasturda aynan qanday yozilgan bo'lsa, shunday berilgan: xodim dasturni rus tilida ishlatsa, ruscha so'zni ko'radi.
O'zbekcha
Ruscha
English
Ma'nosi
Kassa
Касса
Till, POS
Sotuv qilinadigan sahifa.
Chek
Чек
Receipt
Bitta sotuv va uning qog'ozi.
Sotuvlar
Продажи
Sales
Hamma sotuvlar ro'yxati.
Sotuvchi
Продавец
Seller
Sotuvni qilgan xodim.
Xodimni almashtirish
Сменить кассира
Switch seller
Kassada PIN bilan boshqa xodimga o'tish.
Chegirma
Скидка
Discount
Narxdan tushirib berilgan summa.
Narx nazorati
Контроль цен
Price control
Haddan tashqari chegirma va zarariga sotishni tekshirish.
Qaytim
Сдача
Change
Mijozga qaytariladigan naqd pul.
Qaytarish
Возврат
Return, refund
Tovarni qaytarib olish va pulini berish.
Chekisiz qaytarish
Возврат без чека
Return without receipt
Sotuv topilmasa ham tovarni qaytarib olish.
Oflayn
Офлайн
Offline
Internetsiz qilingan, keyin yuborilgan sotuv.
O'zbekcha
Ruscha
English
Ma'nosi
Naqd
Наличные
Cash
Naqd pul.
Karta
Карта
Card
Bank kartasi orqali to'lov (terminal).
O'tkazma
Перевод
Transfer
Kartadan kartaga yoki ilova orqali o'tkazma.
Perechisleniye
Перечисление
Bank transfer
Korxonaning hisob raqamidan do'kon hisob raqamiga to'lov.
Aralash
Смешанная
Mixed payment
Bitta sotuvni karta va naqd bilan to'lash.
Nasiya
В долг
Credit sale
Mijozga qarzga sotish.
Qarz
Долг
Debt
Mijozning do'konga qarzi.
Avans
Аванс
Advance
Mijoz oldindan bergan pul.
Avansdan
Из аванса
From advance
Mijozning avansidan to'lash.
Dollar kursi
Курс доллара
Dollar rate
Do'kon bugun ishlayotgan dollar kursi.
O'zbekcha
Ruscha
English
Ma'nosi
Mahsulotlar
Товары
Products
Do'kon sotadigan tovarlar ro'yxati.
Bo'lim
Раздел
Category
Mahsulotlar guruhi, masalan "Ichimliklar".
O'lchov birligi
Единица измерения
Unit
Tovar nimada sanaladi: dona, kg, litr, metr.
Quti va pachkalar
Коробки и упаковки
Packaging
Bir necha donadan iborat quti, masalan 1 quti = 24 dona.
Model
Модель
Model
O'lcham va ranglarga bo'linadigan tovar, masalan ko'ylak.
Shtrix kod
Штрихкод
Barcode
Tovardagi chiziqli kod, skaner o'qiydi.
SKU (ichki kod)
SKU (внутренний код)
SKU
Do'konning o'z ichki kodi.
Tarozi PLU kodi
PLU-код весов
Scale PLU
Tarozi yorlig'idagi tovar raqami.
Yorliq
Ценники
Price label
Tovarga yopishtiriladigan narx va shtrix kod.
Tovar kirimi
Приход товара
Goods receiving
Kelgan tovarni omborga qabul qilish.
Yetkazib beruvchi
Поставщик
Supplier
Tovar olinadigan firma yoki odam (ta'minotchi).
Ombor
Склад
Stock
Do'kondagi hamma tovar va ularning qoldig'i.
Qoldiq
Остаток
Stock on hand
Hozir tovardan qancha bor.
Minimal qoldiq
Минимальный остаток
Minimum stock
Qoldiq shu miqdorga tushsa, tovar kam qolganlar qatorida ko'rinadi.
Qoldiqni tuzatish
Корректировка остатка
Stock adjustment
Singan, yo'qolgan tovarni qoldiqdan ayirish.
Inventarizatsiya
Инвентаризация
Stock count
Ombordagi tovarni sanab, qoldiqni to'g'rilash.
Arxivga
В архив
Archive
Mahsulotni sotuvdan olib qo'yish (tarixi qoladi).
O'zbekcha
Ruscha
English
Ma'nosi
Tannarx
Себестоимость
Cost price
Tovar do'konga qanchaga tushgani.
Sotuv narxi
Цена продажи
Sale price
Mijozga sotiladigan narx.
Chakana
Розница
Retail
Oddiy mijozga sotish narxi.
Ulgurji narx
Оптовая цена
Wholesale price
Ulgurji mijozga sotish narxi.
Ulgurji mijoz
Оптовый клиент
Wholesale customer
Kassada o'zi ulgurji narxga o'tadigan mijoz.
Eng past narx
Минимальная цена
Lowest price
Chegirma bilan bundan arzon sotilsa, narx nazorati ogohlantiradi yoki to'xtatadi.
Zararli narx
Убыточные цены
Priced at a loss
Narxi tannarxdan past qo'yilgan tovarlar.
Ustama
Наценка
Markup
Tannarxga qo'shilgan foiz. 100 ga olib, 120 ga sotsangiz, ustama 20%.
Tushum
Выручка
Revenue
Davrdagi sotuvlar summasi: chegirmadan keyin, nasiyaga sotilgani ham kiradi.
Yalpi foyda
Валовая прибыль
Gross profit
Tushum − qaytarilgan pul − sotilgan tovarning tannarxi.
Sof foyda
Чистая прибыль
Net profit
Yalpi foyda − xarajatlar.
O'rtacha chek
Средний чек
Average receipt
Bitta xaridning o'rtacha summasi.
Xarajatlar
Расходы
Expenses
Ijara, oylik, kommunal kabi chiqimlar.
Obyom
Объём
Sales volume
Sotuvchiga foiz (bonus) hisoblanadigan savdo summasi.
O'zbekcha
Ruscha
English
Ma'nosi
Kassa hisobi
Учёт кассы
Cash control
Kassada qancha naqd pul bo'lishi kerakligini ko'rsatadigan sahifa.
Egasi oldi
Забрал владелец
Owner's withdrawal
Egasi kassadan o'ziga olgan pul (xarajat emas).
Kunni yopish
Закрыть день
Close the day
Kun oxirida kassadagi pulni sanab yopish.
Pul qutisi
Денежный ящик
Cash drawer
Chek printeriga ulanadigan, naqd pul solinadigan quti.
O'zbekcha
Ruscha
English
Ma'nosi
Bosh panel
Сводка
Dashboard
Bugungi (yoki tanlangan davrdagi) savdo va foyda bir sahifada.
Hisobotlar
Отчёты
Reports
Davr bo'yicha batafsil raqamlar.
Egasi
Владелец
Owner
Hamma narsani ko'radigan rol.
Boshqaruvchi
Управляющий
Manager
Egasining yordamchisi: hisobotlar, xodimlar va obunadan boshqa hamma narsa.
Kassir
Кассир
Cashier
Kassada sotadigan rol: tannarx va foydani ko'rmaydi.
PIN kod
PIN-код
PIN
Tez kirish uchun 4 raqamli kod.
Imkoniyatlar
Возможности
Features
Yoqib-o'chiriladigan qo'shimcha imkoniyatlar.
Qurilmalar
Устройства
Devices
Printer, pul qutisi va skaner sozlamalari.
Obuna
Подписка
Subscription
Dastur uchun oylik to'lov.
Javob topmadingizmi?
Do'koningizni ulab bergan administratorga murojaat qiling: u sozlashda ham, savollarda ham yordam beradi.