O'lchov birliklari
Har mahsulotning bitta o'lchov birligi bor. Qoldiq, sotuv narxi va tannarx shu birlikda yuritiladi: birlik kg bo'lsa, narx 1 kg uchun, qoldiq kilogrammda.
Qaysi birlikni tanlash
Qaysi birlikni tanlash bo'limiga havola| Nima sotasiz | Birlik | Kassada nima bo'ladi |
|---|---|---|
| Ichimlik, sovun, ko'ylak, rozetka | dona | Bosilganda savatga 1 dona tushadi |
| Guruch, shakar, mix, meva | kg | Miqdor oynasi ochiladi: 1.5 kg yoziladi |
| Kabel, shlang, mato, zanjir | metr | 12.5 metr yoziladi |
| Kungaboqar yog'i, antifriz (quyib) | litr | 2 litr yoziladi |
| Atir (quyib sotish, razliv) | ml | 10 ml yoziladi |
| Moyli atir, ziravor (tortib) | gramm | 5 gramm yoziladi |
Ro'yxatda quti, pachka, blok birliklari ham bor. Ularni faqat mahsulot hech qachon ochilmay, butun qutisi bilan sotilsa tanlang. Qutini ham, donasini ham sotsangiz, birlik dona bo'lsin va qutini Quti va pachkalar bo'limida qo'shing.
Butun son va kasr son
Butun son va kasr son bo'limiga havola- Dona turidagi birlik (dona, quti, pachka, blok) faqat butun son bilan sotiladi: 1, 2, 3. Kassada
1.5dona yozib bo'lmaydi. - Og'irlik, hajm, uzunlik (kg, gramm, litr, ml, metr) 3 xona kasrgacha:
0.250kg = 250 gramm,1.005metr = 1 metr 5 mm.
Summa doim to'liq so'mgacha yaxlitlanadi. Hisob shunday: 1 kg narxi × og'irlik = summa. Guruch 1 kg 14 000 so'm, mijoz 2.5 kg oldi: 14 000 × 2.5 = 35 000 so'm.
Kassada qanday sotiladi
Kassada qanday sotiladi bo'limiga havolaDona mahsulot tugmasi bosilsa, savatga 1 dona qo'shiladi. Boshqa birlikdagi mahsulot bosilsa yoki skanerlansa, miqdor oynasi ochiladi (tarozi chop etgan yorliq bundan mustasno: unda og'irlik yozilgan, mahsulot darhol savatga tushadi):
-
Miqdorni yozing yoki tayyor tugmani bosing:
- kg: 0.25, 0.5, 1, 1.5, 2;
- gramm va ml: 3, 5, 10, 20, 50, 100;
- litr va metr: tayyor tugma yo'q, sonni yozasiz.
-
Pastda
1.5 × 14 000 so'm = 21 000 so'mkabi hisob ko'rinadi. -
Tayyorni bosing: mahsulot savatga tushadi.
Pulga qarab sotish
Pulga qarab sotish bo'limiga havolaMijoz "10 000 so'mlik bering" desa, miqdor oynasida Summa (so'm) tugmasini tanlang va 10 000 yozing (yoki 5 000, 10 000, 20 000, 50 000 tugmalaridan birini bosing). Dastur qancha tortish kerakligini ko'rsatadi: Torting: 0.715 kg (1 kg guruch 14 000 so'm bo'lsa). Miqdor yuqoriga yaxlitlanadi (kg da grammgacha), shuning uchun mijoz kam olmaydi, savatdagi qator esa aynan 10 000 so'm bo'ladi: yaxlitlashdan chiqqan bir necha so'm chegirma bo'lib yoziladi.
Bu dona turidagi birliklardan (dona, quti, pachka, blok) boshqa hamma birlikda ishlaydi: kg, gramm, litr, ml, metr.
O'z birligingizni qo'shish
O'z birligingizni qo'shish bo'limiga havolaRo'yxatda kerakli birlik bo'lmasa (masalan juft, rulon, m²), egasi yoki boshqaruvchi uni qo'shadi.
-
Sozlamalar → O'lchov birliklari → Qo'shish.
-
Kod: qisqa lotin kod, masalan
juft. Nomi (o'zbekcha) va Nomi (ruscha). -
Turi: Dona (faqat butun son), Og'irlik, Hajm yoki Uzunlik (3 xona kasrgacha). m² kasr bilan sotilsa, turini Uzunlik qiling.
-
Saqlash. Endi birlik mahsulot sahifasida tanlanadi.
Birlikni o'chirib bo'lmaydi. Kerak bo'lmasa, uni tahrirlab Faolni o'chiring: mahsulot sahifasida u boshqa tanlanmaydi.
Birlikni xato tanladim
Birlikni xato tanladim bo'limiga havolaMahsulotda hali hech qanday harakat bo'lmasa (qoldiq kiritilmagan, sotilmagan, kirim qilinmagan), birlikni o'zgartirib Saqlashni bosing. Bo'ldi.
Harakat bo'lsa, dastur birlikni o'zgartirmaydi. Bu ataylab qilingan: 50 dona birdaniga 50 kg bo'lib qolmasin, eski sotuvlar va hisobotlar buzilmasin. Bunday holda yangi mahsulot yarating:
-
Eski mahsulotni oching va sahifa boshidagi qoldig'iga qarang (masalan Qoldiq: 50 dona). Haqiqatda qancha borligini aniqlang, masalan 12.5 kg.
-
Eski mahsulotda Arxivga tugmasini bosing. U kassadan yo'qoladi, sotuv tarixi saqlanadi.
-
Yangi mahsulot qo'shing: o'sha nom, to'g'ri birlik, narx. Eski shtrix kodni ham yozing: arxivdagi mahsulot kodni o'zi bo'shatib beradi.
-
Hozirgi qoldiqqa haqiqiy qoldiqni yozing (12.5) va saqlang.
Arxivga olishni egasi yoki boshqaruvchi qiladi.
Savollar
Savollar bo'limiga havolaDona mahsulotni yarimta sotsa bo'ladimi? Yo'q, dona faqat butun son. Tovarni bo'lib (qismlab) sotsangiz, uni kg yoki metr kabi kasrli birlikda yuriting.
Mix kg da sotiladi, lekin qutisi ham bor.
Birlik kg, qutini Quti va pachkalarda Quti, ichida 25 kg deb qo'shing. Quti bosilsa 25 kg ayriladi. Qarang: Quti va dona.
Kabelni 50 sm sotsam?
Birlik metr, kassada 0.5 yozing.
Tarozida tortiladigan mahsulot birligi gramm bo'lsa bo'ladimi? Tarozi chop etgan shtrix kod bilan sotsangiz, birlik kg bo'lishi shart. Qarang: Tarozi.