Asosiy matnga o'tish

Kosmetika do'koni

Kosmetika do'konida yuzlab mayda tovar bor, deyarli hammasida zavod shtrix kodi bor, ko'pi dollarda olinadi. Asosiy ish: mahsulotlarni tez kiritish, narxni dollarda yuritish va kassada skaner bilan sotish.

  1. Sozlamalar → Imkoniyatlar → Dollar (USD) → Dollar bilan savdoni yoqing.

  2. Dollar narxlarini yaxlitlash: kassadagi so'm narxi qanchagacha yaxlitlansin. Kosmetika uchun odatda 100 yoki 500.

  3. Bugungi kursni kiriting: Kursni kiritish → 1 dollar uchun so'm. Kurs har kuni ertalab kiritiladi (Dollar kursi).

  4. Yorliq (narx etiketkasi) imkoniyatini yoqing, o'lcham 40×30 mm.

  5. Bo'limlar: Yuz parvarishi, Soch, Makiyaj, Tana parvarishi, Gigiyena, Atir.

  6. Skaner ulang yoki telefon kamerasidan foydalaning (Shtrix kod).

Sozlamalar → Imkoniyatlar: dollar bilan savdo va yaxlitlash
Imkoniyatlar

Mahsulotlar sahifasi ochiq turganda tovarni skanerlang. Kod do'konda yo'q bo'lsa, shu kod yozilgan Yangi mahsulot sahifasi o'zi ochiladi:

  1. Tovarni skanerlang: Shtrix kod o'zi to'ladi.

  2. Nomi: Krem namlovchi 50 ml. Bo'lim: Yuz parvarishi.

  3. Telefonda Rasmga olish bilan tovarni suratga oling: kassada mayda tovarlarni rasm bilan topish oson.

  4. Narxlarni yozing (pastda dollarda), Hozirgi qoldiqni yozing.

  5. Saqlash: ro'yxatga qaytasiz. Keyingi tovarni skanerlang.

Ro'yxat juda katta bo'lsa (yuzlab tovar), Import bilan CSV fayldan yuklash mumkin: CSV fayl.

Misol: krem $3.40 ga olinadi, $5.50 ga sotiladi, kurs 12 850, yaxlitlash 100.

  1. Mahsulot sahifasida Tannarx (1 dona) yonidagi so'm / $ tanlovida $ tugmasini bosing: 3.40. Ostida Bugungi kursda 43 690 so'm chiqadi.

  2. Sotuv narxi (1 dona) yonida $ tugmasini tanlang: 5.50. Ostida Bugun 70 700 so'm ga sotiladi (1$ = 12 850) (5.50 × 12 850 = 70 675, 100 gacha yaxlitlangan) va ustama chiqadi.

  3. Saqlash.

Mahsulot sahifasi: tannarx va sotuv narxi dollarda, ostida so'mdagi narx
Dollardagi narx

Ertaga kurs 12 900 bo'lsa va uni kiritsangiz, bu krem va dollardagi barcha mahsulotlar so'm narxi o'zi qayta hisoblanadi. Kassa, chek va hisobotlar so'mda ishlaydi, mijoz dollarda ham to'lashi mumkin (qaytim so'mda, To'lov). Batafsil: Dollardagi narx.

Bir krem ikki yetkazib beruvchidan har xil kod bilan keladi yoki qadog'i yangilangan. Ikkinchi mahsulot qilmang: mahsulotni oching, Qo'shimcha sozlamalar → Qo'shimcha shtrix kodlarga yangi kodni skanerlang. Ikkala kod ham kassada shu kremni topadi, qoldiq bitta.

  1. Tovar kirimi → Yangi kirim → yetkazib beruvchi.

  2. Narxlar valyutasi: $.

  3. Tovarlarni skanerlang. Har qatorga Miqdorni va dollar narxini yozing: 3.40 (kirimda 2 xonagacha, sentgacha). Keyingi tovarni skanerlashdan oldin sahifaning bo'sh joyiga bosing (Tovar kirimi).

  4. Jami dollarda chiqadi, ostida bugungi kursdagi so'm. Qabul qilish.

Dollarda tovar kirimi: narxlar dollarda, jami dollar va so'mda
Dollarda kirim

Tovar qabul qilingan paytdagi do'kon kursi bilan so'mga o'tadi, shuning uchun qabul qilishdan oldin bugungi kursni kiriting. Mahsulot sahifasida tannarxi dollarda ($) yozilgan mahsulotning tannarxi dollarda o'rtachalanadi va so'mdagi tannarxi har yangi kursda qayta hisoblanadi. Tannarxi so'mda yozilgan mahsulotniki so'mda qoladi.

Keyin kirim sahifasida Yorliqni bosing: har kelgan donaga bitta yorliq.

  • Tovarni skanerlang: savatga tushadi. Telefonda kassa qidiruvi yonidagi kamera tugmasi.
  • Kassa tugmalarida Hammasi yoki bitta bo'limda ko'pi bilan 120 ta mahsulot ko'rinadi. Ming xil tovarli do'konda qidiruv va skanerdan foydalaning: ular har qanday mahsulotni topadi.
  • Kurs bugun yangilanmagan bo'lsa, eslatma chiqadi: Kurs bugun yangilanmagan. Kurs umuman kiritilmagan bo'lsa, dollar bilan to'lov o'chiq turadi.

Kursni kim kiritadi? Egasi yoki boshqaruvchi. Kassir kurs kirita olmaydi.

Bir mahsulotda ustama birdan juda katta bo'ldi. Aksiya bilan bepul kelgan tovar 0 narxda kirim qilingan bo'lishi mumkin: u o'rtacha tannarxni tushiradi. Bu xato emas, tovar haqiqatda arzonroq tushgan.

So'mga o'tkazib qaytarsam narx o'zgarib qoldi. $ tugmasidan so'm tugmasiga o'tib, hech narsa yozmay qaytsangiz, yozgan dollar narxingiz o'z holicha tiklanadi. So'm narxini qo'lda yozsangiz, u dollardan uziladi.

Bluetooth skaner ulasam, iPhone'da klaviatura chiqmayapti. iPhone skanerni klaviatura deb biladi va ekrandagi klaviaturani yashiradi. Skaner qo'llanmasidan klaviaturani qaytarish usulini toping yoki kameradan foydalaning (Shtrix kod).

Ulgurji ham sotamiz. Ulgurji narxni yoqing: har mahsulotda ulgurji narx, u ham dollarda bo'lishi mumkin (Ulgurji narx).