Asosiy matnga o'tish

Rollar va ruxsatlar

Har bir xodimning bitta roli bor. Rol xodim menyuda nimani ko'rishini va nima qila olishini belgilaydi. Rolni egasi Sozlamalar → Xodimlarda tanlaydi (Xodim qo'shish).

Rol Kim uchun
Egasi Do'kon egasi. Hamma narsa: hisobotlar, foyda, xodimlar, sozlamalar va obuna.
Boshqaruvchi Egasining o'ng qo'li. Deyarli hamma narsa. Faqat Hisobotlar va ularni faylga yuklab olish, xodimlar, obuna va obyom qoidalari bundan mustasno.
Kassir Kassada sotadi: savdo, qaytarish, mijozlar, tovar kirimi, xarajatlar. Faqat o'z sotuvlarini ko'radi. Tannarx va foydani ko'rmaydi.

✅ qila oladi · ❌ qila olmaydi

Ish Egasi Boshqaruvchi Kassir
Kassada sotish, chegirma berish ✅ ✅ ✅
Kassada mahsulot narxini o'zgartirish ✅ ✅ ❌
Chek bo'yicha qaytarish ✅ ✅ faqat o'z sotuvlari
Chekisiz qaytarish ✅ ✅ egasi yoki boshqaruvchining PIN kodi bilan
Narx nazorati to'xtatgan sotuvga ruxsat berish ✅ ✅ ❌
Sotuvlar ro'yxati hammasi hammasi faqat o'ziniki
Sotuvni bekor qilish ✅ ✅ ❌
Ish Egasi Boshqaruvchi Kassir
Mijoz qo'shish, nasiyaga sotish, qarz to'lovini olish ✅ ✅ ✅
Avansni naqd pulda olish ✅ ✅ ✅
Avansni karta, o'tkazma yoki perechisleniye bilan olish, avansni qaytarish, hisobni tuzatish ✅ ✅ ❌
Xarajat yozish ✅ ✅ ✅
Kassa hisobi (kassadagi pul, kunni yopish) ✅ ✅ ❌
Dollar kursini kiritish ✅ ✅ ❌
Ish Egasi Boshqaruvchi Kassir
Mahsulotlar: qo'shish va tahrirlash ✅ ✅ faqat ruxsat berilsa
Tovar kirimi ✅ ✅ ✅
Ombor: qoldiqlar va harakatlar ✅ ✅ ❌
Inventarizatsiya ✅ ✅ ❌
Yetkazib beruvchilar, bo'limlar, o'lchov birliklari ✅ ✅ ❌
Yetkazib beruvchiga qarz va to'lov ✅ ✅ ❌
Tannarx va foydani ko'rish ✅ ✅ ❌
Ish Egasi Boshqaruvchi Kassir
Bosh panel ✅ ✅ ❌
Hisobotlar va ularni faylga (CSV) yuklab olish ✅ ❌ ❌
Sotuvchi obyomini ko'rish ✅ ✅ ❌
Obyom qoidalarini o'zgartirish ✅ ❌ ❌
Sozlamalar: Do'kon, Chek, Imkoniyatlar, Xarajat turlari ✅ ✅ ❌
Sozlamalar → Xodimlar ✅ ❌ ❌
Obuna ✅ ❌ ❌
Yozuvlarni o'chirish (xarajat, tovar kirimi, mahsulotni arxivga olish va boshqalar) ✅ ✅ ❌
O'z profili (parol, til) va Qurilmalar ✅ ✅ ✅

Kassa hisobi, yetkazib beruvchiga qarz va obyom faqat Sozlamalar → Imkoniyatlarda yoqilgan bo'lsa ko'rinadi (Imkoniyatlar).

Kassir dasturga kirganda darhol Kassa ochiladi. Uning menyusida faqat kerakli sahifalar bor: Kassa, Sotuvlar (faqat o'z sotuvlari), Tovar kirimi, Mijozlar, Xarajatlar va Sozlamalar (faqat Profil va Qurilmalar).

Kassir hech qayerda tannarx va foydani ko'rmaydi. Narx nazorati yoqilgan bo'lsa, u tannarx yoki eng past narxning o'zini ham ko'rmaydi. U faqat "Tannarxdan past — zarariga" yoki "Eng past narxdan arzon" degan xabarni ko'radi.

Kichik do'konlarda yangi tovarlarni ko'pincha kassirning o'zi kiritadi. Buning uchun uni boshqaruvchi qilish shart emas. Kassirga faqat Mahsulotlar bilan ishlash ruxsatini bering:

  1. Sozlamalar → Xodimlarda kassir qatoridagi qalam belgisini bosing.
  2. Mahsulotlar bilan ishlashni yoqing va Saqlashni bosing.

Endi kassir Mahsulotlar sahifasini ko'radi, mahsulot qo'shadi va tahrirlaydi: narx, shtrix kod, rasm. Lekin u tannarxni ko'rmaydi va kirita olmaydi, mahsulotni o'chira olmaydi. Narx nazorati yoqilgan bo'lsa, narxni tannarxdan past qo'ya olmaydi.

Hozircha kassirga faqat shu bitta ruxsatni qo'shish mumkin. Undan ko'prog'i kerak bo'lsa, xodimni Boshqaruvchi qiling.

Boshqaruvchi foydani ko'radimi? Ha. Boshqaruvchi tannarxni ko'radi, shuning uchun Bosh paneldagi foydani ham ko'radi. Foyda va tannarxni faqat o'zingiz ko'rishingiz kerak bo'lsa, xodimga Kassir rolini bering. Kerak bo'lsa, unga Mahsulotlar bilan ishlash ruxsatini qo'shing.

Kassir boshqa kassirning sotuvlarini ko'radimi? Yo'q. Faqat o'zinikini.

Kassir sotuvni bekor qila oladimi? Yo'q. Sotuvni egasi yoki boshqaruvchi bekor qiladi. Kassir esa o'z sotuvi bo'yicha qaytarish qila oladi.

Kassir chekisiz qaytarish qila oladimi? Faqat egasi yoki boshqaruvchi kassada o'z PIN kodini kiritib, ruxsat bersa. Batafsil: Qaytarish.

Kassir tovar kirimi qilsa, tannarxni ko'radimi? Kirim qila oladi, lekin mahsulotlarning hozirgi tannarxi unga ko'rsatilmaydi.